To‘lab berishim to‘g‘rimi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, boshlagan ishlarizga Alloh barakot bersin. Savolim shundan iborat edi, bir tanishim safarga ketishidan oldin qandaydur sababga ko‘ra kompyuterini olib keta olmasligi malum bo‘ldi va manga uzatib “sanda tursin kelgunimcha” dedi. Man olib yonimizga qo‘ydim, uyda juda ko‘p kishi bor edi, keyin birgalikda hamma chiqib ketdik. Aeraportga kuzatgani ketganimizda kompyuter uyda qolaverdi, mani boshqa hech kimni ham esiga kelmadi. Man o‘zim turadigon joyga ketdim, kompyuter esa u erda qolgan edi. U haqida 2 haftalarda esimga tushdi, telefon qilib o‘sha uy egalaridan so‘rasam o‘sha kuni hech qanday komyuter qolmaganini aytishdi. Xullas o‘sha kuni kimdur o‘g‘irlab ketdi. Horijdagi tanishim buni bildi, o‘g‘rilik bo‘lgani va mani ham xabarim yo‘qligini yaxshi bilar edi. Bugingi kunga etib kelib safardan qaytgach u kompyuterni manga to‘lab berasan yoki o‘zingni kompyuteringni berasan deyapti, aytingchi ustozlar yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan narsa uchun tavon to‘lanadimi? O‘shancha odamni ichidan aynan mani ismimni aytib manga uzatgani mani ozor berib tavon to‘latishga haqli qilib qo‘yadimi? Emagan somsaga pul to‘lash bo‘lib qolmaydimi? Hozorda juda o‘ksingan holimda o‘zimni kompyuterimni berishga majbur bo‘ldim, lekin o‘ziga ochiq aytdim “man buni og‘rinib, rozi bo‘lmay beryapman. Bu san uchun halol ekaniga shubham bor” desam “man o‘zim so‘rab olaman hukmini, san ber” dedi. Nojoiz savol bergan bo‘lsam va qadrli vaqtingizni olgan bo‘lsam ming bor uzr so‘rayman. Javobingiz uchun ming rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizni qo‘lingizga berilganda rozi bo‘lib olishingiz sizga omonat bo‘ladi. Birovning sizga bergan omonatiga beetibor bo‘lib yo‘qotganingiz uchun to‘lab berish sizning zimmangizda bo‘ladi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 11:15 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizni qo‘lingizga berilganda rozi bo‘lib olishingiz sizga omonat bo‘ladi. Birovning sizga bergan omonatiga beetibor bo‘lib yo‘qotganingiz uchun to‘lab berish sizning zimmangizda bo‘ladi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 11:15 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom