UFC sporti haqida
Assalomu alaykum! Meni telegramda UFC kanalim bor. Bilamizki UFC sporti xarom sport hisoblanadi meni telegramdagi kanalimga har kuni UFC video rasm tashab turaman. Odam soni ham ko‘p kanalimga. 1-2 ta odam reklama qiberasmi pulga deb chiqadi, o‘sha reklamadan kelgan pul xarom deb bilaman, shu to‘g‘rimi? Keyin kanalimga har kuni UFC haqida video rasmlar tashasam ko‘proq gunoh ishga qo‘l urayotgandek bo‘laman. Shuni hukmi qanaqa bo‘ladi? Alloh ilmingizni ziyoda qilsin rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Qiyomatga yaqin munkar(shariatda qaytarilgan ishlar) ma’ruf(shariatda buyurilgan ishlar) deb tushunib qolinadi” degan ma’noda hadis aytganlar. Buni juda ko‘p ishlarda ko‘rib turibmiz. Avratini berkitish farz, uni berkitganlarni esa madaniyatsiz deyilmoqda. Bir vaqtlar cho‘rilar fosiqlarni ishratxonasida qiladigan ishlarni esa san’at deyilmoqda. Haloldan topishga harakat qilib haromdan yuz o‘girishni lapashang, bo‘shashgan va ish bilmasga chiqarib, yulg‘uvchi-kazzoblar ishbilarmon, uddaburon va noyob qobilyat darajasiga ko‘tarilmoqda. Kinolarni ko‘rgansiz, boylarni uyini yoki banklarni o‘marish mahorat deb ko‘rsatilmoqda. Allohning dushmanlari bo‘lgan folbinlarni mulla, qori aka yoki dami o‘tkir domla deyilmoqda. Siz so‘ragan narsa ham shular qatorida. Shariatimiz har bir erkak baquvvat, kuchli bo‘lishga chaqiradi, hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kuchli mo‘min kuchsiz mo‘mindan ko‘ra Allohga suyukliroqdir deganlar. Ammo pul uchun qimorvozlarning xo‘roziga o‘xshashi shar’an joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:40 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar