Nomaxram bor joyda taxorat

Assalomu alaykum! 1. Bilamizki qizlarga amaki, amma, xola, tog‘alarning o‘g‘illari nomoxram bo‘lishadi shunday bo‘lsa ular bilan qanday salomlashgan maqul qo‘l beribmi yoki masofadanmi? 2. Marosimlarda xamma qarindosh urug‘lar yig‘iladi yoki bir birinikiga mexmonga borganda ayollarning taxorat olishi qanday bo‘ladi? Masalan u uyda tog‘alarini o‘g‘illari boru lekin panaroq joy yo‘q, bunday vaziatda ro‘molini echsa bo‘ladimi, bunday vaziatda nima qilishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Nomahram kishi bilan qo‘l berib ko‘rishib bo‘lmaydi. Masofadan muomala qilinadi.2). Juda unchalik darajada emasdirsiz. Asosiysi insonda himmat va ixlos bo‘lsa, tahorat olish uchun joy ham vaqt ham topiladi. Nomahramlarning oldida ro‘molini echib bo‘lmaydi. Bu imkonini qilsa bo‘ladigan ish. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 22:23 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar