Poyabzalning poklash hukmi

Assalomu alaykum! Bizga berayotgan bilimlaringiz uchun Sizlardan Allohning O‘zi rozi bo‘lsin. Savol: 1. Siqib bo‘lmaydigan narsalarni yuvib suv tommaydigan holatga keltirish, shu holatni uch marta takrorlash kerak, deb shu saytda o‘qib qoldim. Poyabzalni yuvish hukmi qanday? Misol uchun krassofkalarni? Uch marta suv tommaydigon holatga keltirib yuvishimiz kerakmi yoki bir marta tozalab yuvib quritib kiyaversak bo‘ladimi? 2). Oyoq kiyimning ichiga najosat tomib qurigan bo‘lsa, o‘sha poyabzal bilan masjidga borib, uni echib namoz o‘qisak bo‘ladimi? Bunda, tabiiyki najosat tomib qurigan oyoq kiyim ichida oyog‘imiz sal terlaydi. Bu terlash bilan oyog‘imiz namoz uchun nopok bo‘lib qolmaydmi? Nopok holatda Allohga yuzlanib namoz o‘qishdan qo‘rqaman. Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Uch marta yuvib suv tommaydigan holatga keltirasiz. Yuvmasangiz uni kiygan holatda namoz o‘qimang. 2). Bunchaligi zarar qilmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:49 | Savol-javoblar | 142 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar