Yomg‘ir yog‘ganda namoz o‘qish tartibi

Assalomu alaykum! Men chet elda istiqomat qilaman, bu erda mazxablar ko‘p va mazxab kerakmas deydiganlar ham ko‘p. Yomg‘irlik kunda masjidda ko‘pincha shom va hufton namozlarini qo‘shib o‘qishadi. Shu narsa Hanafiy mazxabida ham bormi? Yani yomg‘ir yog‘ganda shom va hufton namozlarini qo‘shib o‘qish? Men unday qilmayman, shomni o‘qib chiqib ketaman. Lekin doim shu savol meni qiynaydi, yani yomg‘irlik kunda masjidda shom va hufton namozini qo‘shib o‘qisa bo‘ladimi? Gumonim bo‘lgani uchun shom namozini o‘qib chiqib ketib, uyda hufton namozini o‘qiyman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qalbingiz shu bilan taskin topsa, albatta shunday qilasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:54 | Savol-javoblar | 164 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar