Folbinning gaplarini eshitib qo‘yibman
Assalomu alaykum! Xech qachon fol va shunga o‘xshash narsalarga ishonmaganman va ishonmayman, astag‘firulloh. Kuni kecha bozorda bir ayol menga gapira boshladi, tuzuk kiyingani, yonida nabirasi bo‘lgani bois, chalg‘ib qolibman. Yonimga kelmaganmisiz, men fol ochaman, sizda undoq, bundoq deya boshladi. Ichimda tavba, Alloh O‘zi kechirsin, deb tursamda, tinglabman, pul so‘radi, qarg‘amasin deb beribman. Keyin juda pushaymon bo‘ldim, tinglab turganimga xam, o‘sha pulni etimga berganim afzalroq edi, deb rosa o‘zimni koyidim. Allohga shukur, ibodatlarimni o‘z vaqtida ado etishga xarakat qilaman, tavba qildim, xamma narsa Allohdan ekanini bir zum xam unutmadim, lekin ko‘nglim g‘ash, o‘zimni kirdek sezyapman. Gunoximni yuvish uchun nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Albata noshar’iy ish qilganingizdan keyin kirlanadida. Qaytib bu ishga yaqinlashmang. Ko‘p istig‘for ayting. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:54 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom