3779 savol kayfda namoz õqish haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men 3779-savoldagi javobingizni har qanday holatda ham namoz o‘qisin degan javobingiz ajablantirib qo‘ydi. Axir lirika tabletkasi yaxshigina kayf beradi, kayfi ketgunicha namozga yaqinlashish hukmi faqat aroq uchunmi? Bu javobingizni o‘qiganlar kayfda ham namoz joiz ekan deb kayfda bardavom bo‘lib qolishmaydimi? Beodablik qilgan bo‘lsam uzr shu to‘g‘risida to‘liqroq javob bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Biz uni qanchalik kayf berishini bilmaymiz. Shuning uchun javobning davomida namozni tark qilish o‘rniga o‘sha rasvo ishlarini tark qilishga chaqirganmiz. Chunki “Ankabut” surasida Alloh taolo quyidagicha marhamat qiladi : اتْلُ مَا أُوحِيَ إِلَيْكَ مِنَ الْكِتَابِ وَأَقِمِ الصَّلَاةَ إِنَّ الصَّلَاةَ تَنْهَى عَنِ الْفَحْشَاء وَالْمُنكَرِ وَلَذِكْرُ اللَّهِ أَكْبَرُ وَاللَّهُ يَعْلَمُ مَا تَصْنَعُونَ 45. Senga Kitobdan vahiy qilingan narsani tilovat qil va namozni to‘kis ado et, albatta, namoz fahsh va munkardan qaytarur. Albatta, Allohning zikri ulug‘dir. Alloh nima qilayotganingizni bilur.
Xalqimizning tabiati ajoyibda. Solih amallar bilan gunoh amallarni aralashtirib qo‘yadigan kishiga ko‘proq “Yomon amallaringni tark qil” deyish o‘rniga, “Bu yomon amallaring bilan qilgan yaxshi amallaringni foydasi yo‘q” deb qilayotgan ba’zi yaxshi amallarini ham to‘xtatishga urinishadi. Shuni o‘rniga ushbu yaxshi amallaringni ko‘paytirgin deyish kerak. Odatda bunday gaplarni umuman o‘sha yaxshi amallarni ham qilmaydigan odamlar gapirishadi. Xalqimizda buni “Ishtoni yo‘q, ishtoni yirtiq ustidan kulibdi” deb aytishadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:05 | Savol-javoblar | 164 | Ibodatlar