Savdo va tijoratda narx ustiga ataylab qo‘shib aytish
Assalomu alaykum! Biz ancha yillardan buyon O‘rikzor maxallasida tosh tijorati bilan shug‘ullanib kelamiz. Toshni mijozlarni o‘zi yoki ustalar tanlab, sotib olib ketishadi. Tosh sotib olish uchun mijoz ustasi bilan kelsa, usta uchun ulush qo‘shishga majbur bo‘lamiz. Chunki ustalar bizga mijoz olib kelishadi. Bunga javoban ular biz sotayotgan tosh narxini ataylab ko‘tarishimizni va ularga ulush chiqarib berishimizni shart qo‘yishadi. To‘g‘risi, ayrim mijozlarga kvadrat metri 45000 so‘mlik toshni 50000 so‘m deb aytishga, ustaga esa 5000 so‘m qolishini ta’minlab berishga to‘g‘ri keladi. Ayrim ustalar 2000 so‘mga xam qanoat qilishmaydi. Mijoz o‘zi ustasiz kelsa, 45000 so‘mga berishga tayyormiz. Ataylab toshni ko‘tarayotganimizni usta va biz bilamiz. Savollarim quyidagicha: 1. Ustaga bizga mijoz keltirgani uchun mijozning 5000 so‘mini olib berishda biz xam xaromga aralashib qolayapmizmi? 2). Usta uchun pul ishlashning shu yo‘li to‘g‘rimi? Mijoz uyidan tuz eyishadi, ish xaqi olishadi. Gunoxkor bo‘lib qolmaydimi? Ular buni qanday xalollaganlari ma’qul? 3). Ayrim mijozlar shuni bila turib, indashmaydi. Ular usta o‘z ishining ustasi ekanligi uchun shu "ishi"ga sabr qilishadi. Ular qanday yo‘l tutishlari lozim? Iltimos, albatta internetga joylang.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shuning uchun toshni o‘z narxiga sotib sizga mijoz topib kelgani uchun toshni ustiga narx qo‘shmasdan yoningizdan alohida xizmat haqi bering. Aks holda xoinga yordam berish gunohida tenma-teng bo‘lasiz. Eng yomoni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Bunday makr qiluvchilar mendan emas” deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:10 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat