Boshqa dindagilarning da’vatiga javob

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, mana bir xaftadan beri o‘qish maqsadida Koreya davlatidamiz. Bu davlatga keganimizdan beri xristian dini vakillari kelib bizni diniga da’vat qilishi uchrab turibdi. Biz ularga musulmon ekanimizni aytsek xam bu ishlar to‘xtamayapti. Xar kuni yo‘lda ketayotsak xam uchrayapti. Iltimos maslaxat berilar ularga qattiq gapirish kerakmi yoki muloyimlik bilanmi? Ikkinchi savolim biz juma namoziga chiqmoqchi edik, bir do‘stim bu erdagi musulmonlar boshqa mazxabda bo‘lsachi dedi. Agar shunday bo‘lsa juma namozini qanday o‘qimiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Sizlar ham ularni Islom diniga chaqirib qo‘yinglar. Buning uchun Ahmad Diydat va Zokir Nayk degan olimlarning videolaridan foydalaninglar. 2). Boshqa mazhabdagilarga iqtido qilish shak-shubhasiz joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:10 | Savol-javoblar | 150 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar