Gunohini kafforati

Xazrat, bizga bergan ilmingizdan rozi bu‘lishingizni su‘rab Olllohdan sizga beadad ajrlar ato qilishini duo qilamiz. Xazrat, 4-5 yil ilgari Ollohning bergan boyligiga shukur qilib, otamni va otam o‘ziga yaqin olgan tog‘amni haj safariga jo‘natishni niyat qildim. Ularni diniy idoralar bilan bo‘ladigan ishlarini tog‘amga topshirib o‘zim ishimdan ortiqcha vaqt topolmaganim uchun aralasha olmadim. Shunda tog‘am aynan o‘sha yil ketish uchun qonuniy harajatlardan tashqari boshqa "harajat" (rishvat) borligini aytdila. O‘shanda ilmim etarlik bo‘lmaganidan tog‘amni va otamni hajga tayyorgarliklarini ko‘rib rishvat berishni gunohidan ko‘ra ularni hajga borishlarini avzal bilib hamma harajatlarini ko‘tardim. Yani, rishvatni ham berdim. O‘sha yildan beri hatoimni bilardim va afsusda edim. Lekin mana bu kunlarda sizning berilgan savollarga javobingizni ko‘rib gunohimga yanada iqror bo‘ldim. Hurmatli Ustoz, gunohim uchun kafforati bormi? nima qilishimni maslahat berasiz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tavba qiling, nadomat cheking, bu ishni qayta qilmaslikka azmu qaror qiling. Iloji bo‘lsa, kambag‘allarga xayri ehson qiling.

2 May 2022, 19:58 | Savol-javoblar | 172 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar