Xaqorat
Assalomu alaykum! Enasidan ketib xaqorat qilish yoki bo‘lmasa xaromi biror insonga xaromi deb xaqorat qilishning islom dinida qanday qaraladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatimizda “Qozful muhsonaat” degan jinoyat bor. U gunohi kabira hisoblanib, Alloh taolo “Ahzob” surasida marhamat qiladi: وَالَّذِينَ يُؤْذُونَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ بِغَيْرِ مَا اكْتَسَبُوا فَقَدِ احْتَمَلُوا بُهْتَانًا وَإِثْمًا مُّبِينًا 58. Mo‘min va mo‘minalarga, ular biror narsa qilmasalar ham ozor beradiganlar, batahqiq, o‘z ustilariga ochiq bo‘hton va gunohni olibdilar.
“Nur” surasida: وَالَّذِينَ يَرْمُونَ الْمُحْصَنَاتِ ثُمَّ لَمْ يَأْتُوا بِأَرْبَعَةِ شُهَدَاء فَاجْلِدُوهُمْ ثَمَانِينَ جَلْدَةً وَلَا تَقْبَلُوا لَهُمْ شَهَادَةً أَبَدًا وَأُوْلَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ 4. Pokiza ayollarga (bo‘hton) toshi otib, so‘ngra to‘rtta guvoh keltira olmaganlarni sakson darra uringlar va ularning guvohligini abadiy qabul qilmanglar. Ana o‘shalar fosiqlardir” deb marhamat qilgan.
Ibn Kasir rahmatullohi alayh ushbu oyatning tafsirida zino qilmagan ayollarning zinoda ayblash jazosi 80 darra ekanligini, ikkinchisi guvohligi abadiy qabul qilinmasligini, Alloh nazdida ham insonlar nazdida ham odil bo‘lmay fosiq bo‘lishiga dalolat qiladi – deganlar. Abu Hanifa va Shofe’iy rahmatullohi alayhimlar nazdlarida onalarning haqqlarida ochiq-oydin ta’na etkazish ham shuning hukmida bo‘ladi – deganlar. Ya’ni hozirgi kundagi “Ey falona(buzuq)ni bolasi” yoki shu kabi degandek gaplarni aytganlar ham. Ularning oxiratdagi jazosi Alloh taologa ayon. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:41 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar