Ko‘richakdan keyin g‘usl

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men 5 kun oldin ko‘richagimni oldirgan edim operatsiyadan 3 kun o‘tib o‘zim turib taxorat olib namoz o‘qishni boshladim. Keyin oyim senga g‘usl vojib bo‘lgan g‘usl qilishin kerak deb qoldi. Menga hozir g‘usl qilish mumkun emas, shuning uchun g‘uslga niyyat qilib tayammum qildim. Shu qilgan ishim to‘g‘rimi? G‘usl qilmay o‘qigan namozimni qayta o‘qishim kerakmi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Operatsiyaning o‘zi bilan g‘usl vojib bo‘lib qolmaydi. Haqiqatan ehtilom yoki biror sabab junubl ik sodir bo‘lgan bo‘lsa, yuva oladigan a’zolaringizni yuvasiz yuvmaydigan joyga mash tortasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:47 | Savol-javoblar | 154 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar