Ba’zi ikkiyuzlamachi insonlar
Assalomu alaykum! Man Ruhiy tushkunlikka tushganimda, ahvolim og‘irlashganda Qur’onni suralari oyatlarini o‘qib davoliydigan bir yigitni oldiga borgandim. U mani har 2 kunda Qur’onni suralaridan o‘qib dam solardi. Man uni yaxshi inson deb o‘ylagandim. Lekin keyin bilsam u sexr jodu bilan ham shug‘ullanarkan. U faqat juma namozlariga boradi. Lekin farz namozlarini o‘qimiydi. Ramazon oyida har kuni masjidga borib tarovex namozlarini o‘qidi. Lekin masjiddan kelib kechasi soat 11:00 dan 12:00 gasa sexr jodu amallarini bajardi. Man hayratda edim. Unga bu ishlaringni Alloh kechirmidi desam u ramazon oyida tarovex namozini o‘qisa Alloh uni hamma gunohlarini kechiradi dep man bilan tortishdi. U bilan gaplashib uni o‘tmishda va hozirgi vaqtga qilayotgan gunohlari cheksizligini bildim. U Qur’onni yod olgan. Nima gunohu nima shirk ekanligini. Lekin sexr joduni ham 100 foiz biladi. Uni gaplarini eshitsez farishtadey inson deb o‘ylaysiz. Alloh va Qur’onni nomi bilan juda ko‘p qasam ichadi, lekin qasamiga umuman turmidi. Odamlarni o‘sha o‘rgangan ilmu amali bilan aldab nohaq pulini oladi. Qizlarni aldab qo‘rqitib pulini oladi. Bunday insonni hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Undaylarni shariatimizda fosiq deyiladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:54 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Undaylarni shariatimizda fosiq deyiladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:54 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar