Maslaxat bering, mualliflik xuquqiga oid

Assalomu alaykum! Soxam dasturlash. Biz asosan internet manbalaridan ilm olamiz. Iloji boricha mualliflik xuquqlariga rioya etib o‘g‘irlashdan extiyot bo‘lish kerakligini tushundim. Menga juda zarur bo‘lgan kitoblarni ishlab chiqqan OReylli kompaniyasiga menga faqat o‘rganish uchun ruxsat berishlarini so‘radim. Menga shunday javob keldi: "Sizga ruxsat berib yubora olmayman, lekin kompaniyamiz boshlig‘ining mana bu qisqa maqolasini o‘qishingizni tavsiya qilaman. Maqolada internetdagi "piratlik" biznes yuritish uchun oddiy xolat ekanligi, buni xatto ba’zi mualliflar o‘zlari xoxlashlari yozilgan". Uning fikrlari menga ruxsat berishga o‘tarmikan? Shunday mayda (lekin, men uchun muxim) muammo bilan murojaat qilganimdan xijolatdaman. Ilmsizligimiz tufayli, nimani xaqiqiy taqvo yo‘li, nimani "Yo‘lni tor olish" ekanligi bilmaymiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bundan biz ham ijozatni tushunmadik. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:04 | Savol-javoblar | 168 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar