Sudxo‘rlik haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar, hozir bizda mana bunday vaziyat bo‘lyapti menda ikkita tog‘am bor, ularning kichigi ikkita ayolga uylandilar va ikkita ayollari xam onalari bilan chiqisha olmadilar va ayollari onangizni xizmatini qilmayman deyishdi va ikki ayollarini birini ijaraga uyga birini esa katta tog‘amni domlariga chiqarib katta tog‘amni esa kichik tog‘amni uchastkalariga ko‘chirildi. Bu voqealardan avval kichik tog‘am bizni alohida bo‘sh turgan 2xonalik xonadonimizni bizni ruxsatimiz bilan sotib tijoratga tikkanlar va ana endi shu xonadonni qaytarmoqchi bo‘lsalar xozirgi o‘zlari turgan xonadonni ya’ni avvalgi kichik tog‘am turgan 3xonalik xonadonni berishlarini buvim talab qilyaptilar. Nafaqat buvim talab qilyaptilar kichik tog‘am xam men roziman xolis Alloh uchun beraman deyaptilar, lekin buni sudxo‘rlikka kiradi deb eshitdik. 2 xonalik uy sotilgan va evaziga xam 2 xonalik uy olib berilishi kerak ekan desak bu uyni sen emas akang (katta tog‘am) beryapti bu sudxo‘rlik emas deyishyapti. Hurmatli ustozlar bu vaziyat sudxo‘rlikka kiradimi yoki yo‘qmi? Shuni islox qilib bersangizlar iltimos. Savolim uzun bo‘lib ketgani uchun uzur, shunday tarzda bermasam uydagilar ishonishmayapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar ikki xonalik uyni berayotganlaringizda uch xonali uy olib berasiz degan shartni qo‘ygan bo‘lsangiz bu ayni sudxo‘rlik bo‘ladi. Unday shartni qo‘ymagan bo‘lsangiz tog‘angiz sizlardan olgan qarzini xohlagan tarzda ado qilish mumkin. Agar uch xonali qilib bersa qarzini chiroyli ado qilganlar safiga kiradi. Bu erda qarzin ado qilish bilan sudxo‘rlik bo‘lishdagi nuqta qarzni berayotganda uch xonali qilib berishni shart qilish yoki qilmaslikdir. Shart qilsa sudxo‘rlik qilmasa chiroyli ado qilish hisoblanadi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 09:26 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar