Zakotni qanday hisoblay?

Assalomu alaykum! Alloh xammamizdan rozi bulsin. Ijaraga uy va do‘kon berganman. Ancha qarzim bor edi, ijaradan kelayotgan pullardan qarzimmi to‘lab keldim. Keyingi oy qarzimmi berib bo‘laman. Iltimos tushuntiring man uy va do‘konim zakotini qanday hisobliman va qancha miqdorda zakot chiqarishim kerak? Ularni olingandan buyon qarz bo‘lib keldim va biror marta zakot bermaganman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Do‘konlaringizdan to‘lamaysiz, ulardan pul tushib, nisobga etib, bir yil aylanganidan keyin o‘sha puldan zakot berasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:20 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar