Erning haqqi haqidagi hadis

Assalomu alaykum! Menga bir inson hadis deb bir so‘z aytdilar. Men ilgari buni hech o‘qimagandim, roviylarini ham aytmadilar. U quyidachi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Agar ayol erining haqqini bilganida edi, kunduzgi va kechki taomini xozirlagach, to eri taomlanib bo‘lmagunicha o‘tirmas edi”. Bu rostdan ham xadismi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عن معاذ بن جبل رضي الله عنه أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: لو تعلم المرأة حق الزوج، لم تقعد ما حضر غداؤه، وعشاؤه، حتى يفرغ" رواه الطبراني في معجمه الكبير Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Agar ayol erning haqqini bilganida edi erning nonushtasi va kechki taomi hozir bo‘lib, er undan forig‘ bo‘lmagunicha o‘tirmagan bo‘lar edi” dedilar. Tabaroniy rivoyati.
Erning ayolning zimmasidagi haqqi ko‘pligiga dalolat qiladi. Bu hadisdan er ovqatlanayotsa ayoli o‘tirmasin degan ma’no tushunilmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:23 | Savol-javoblar | 156 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar