Yuvuqchi va go‘rkovlar

Assalomu alaykum! Jamiyatimiz xayotida yuvuqchi va go‘rkovlar xizmati beqiyos. Mayitni foniy dunyoga go‘zal qilib kuzatish shu kasb egalarisiz tasavvur qilish qiyin. Lekin ko‘p xollarda qiziq xolatlarga guvox bo‘lamiz. Yuvuqchi va go‘rkovlarga haqqidan tashqari qo‘shimcha bir qancha narsalar berish lozim deyishadi. Jumladan cho‘pon, ko‘ynak, ko‘rpa, mayitga tegishli ziynat yoki kim kechaklar va hokazolar. Xonadonga bir musibat kelib turgan bir vaqtda shu narsalarni olib kelish kerakligi uqtiriladi. Shularning masalasi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida har bir mo‘min va mo‘mina o‘zining en yaqin insonini oxirgi qilnadigan xizmatini qilishni sharaf deb bilishi kerak va avvalda bu narsani o‘z yaqinlaridan tashqari kishilar qilishi or sanalgan. Xususan meros taqsim qilinmasdan turib mayyitning narsalarini berish mutloq joiz emas. Ulardan g‘assol va go‘rkov olishi ham joiz emas. عَنْ أَبِي رَافِعٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ غَسَلَ مَيِّتًا فَكَتَمَ عَلَيْهِ غُفِرَ لَهُ أَرْبَعِينَ مَرَّةً، وَمَنْ كَفَّنَ مَيِّتًا كَسَاهُ اللهُ مِنْ سُنْدُسِ وَإِسْتَبْرَقِ الْجَنَّةِ، وَمَنْ حَفَرَ لِمَيِّتٍ قَبْرًا وَأَجنه فِيهِ أُجْرِيَ لَهُ مِنَ الأَجْرِ كَأَجْرِ مَسْكَنٍ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ. رَوَاهُ الْحَاكِمُ  Abu Rofi’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim mayyitni g‘usl qildirib(undagi ba’zi kamchiliklarni ko‘rib qolsayu), yashirsa, uni qirq bor mag‘firat qilinadi va kim mayyitni kafanlasa, Alloh taolo unga jannatning sundus va istabroq(harir va yupqa ipak)dan kiyim kiydiradi va kim mayytiga qabr kavlasa va uni qabrga qo‘ysa, qiyomatgacha bir maskanni ijaraga berganning ajri unga yozilib turadi”, dedilar".
Hokim rivoyati. MAYYITNI KIM ChO‘MILTIRADI? Mayyitni cho‘miltirishning haqi hammadan avval, uning yaqinroq qarindoshlariga bo‘ladi. Ular o‘zlari cho‘miltirganlari va mayyit ayolni yaqin qarindosh ayol cho‘miltirganlari yaxshiroqdir. Chunki bu o‘z azizining oxirgi xizmatidir.
Biror boshqa shaxs ham cho‘miltirsa bo‘ladi, lekin erkakni zarur masalalardan voqif va dindor erkak va ayolni shu kabi ayol g‘usl qildiradi.
Birok kishiga hizmat haqqi berib ham mayyitni g‘usl qildirsa bo‘ladi, lekin,  hizmat haqqi olib g‘usl beruvchi savobning mustahiqqi bo‘lmaydi.
Agar bir erkak o‘lsa va erkaklarning ichidan biror cho‘miltiruvchi bo‘lmasa, xotini g‘usl qildiradi. Undan boshqa biror bir ayol uchun unga g‘usl bermog‘i joiz emas. Garchi mahrami bo‘lsa ham. Agar xotini ham bo‘lmasa, ayollar uni tayammum qildiradilar, g‘usl qildirmaydilar. Lekin tayammum qildiruvchi ayollar mayyit uchun mahram bo‘lmasalar, uning badaniga qo‘l tegizmaydilar. Balki o‘z qo‘llariga qo‘lqopni kiyib, tayammum qildiradilar.
Biror kimsaning eri vafot topsa, ayoliga uning chehrasini ko‘rish, cho‘miltirish va kafanlash durustdir va agar xotini vafot topsa, eriga uni cho‘miltirishi, uning badanini ushlash va qo‘l tekkiz durust emas. Albatta yuzini ko‘rish durust va matoning ustidan qo‘l tekkizishi va janozasini ko‘tarish ham joizdir.
Agar biror balog‘atga etmagan o‘g‘il bola vafot etsa va u hanuz shunchalik kichik bo‘lsaki, uni ko‘rishdan shahvat qo‘zg‘almasa, bas, erkaklar kabi ayollar ham shunday bolaga g‘usl bersa bo‘ladi. Va agar balog‘atga etmagan qiz vafot etsa va u shunchalik yosh bo‘lsaki uni ko‘rishdan shahvat bo‘lmasa, bas, shunda yosh qizni ayollar kabi erkak ham g‘usl bersa bo‘ladi.
Albatta balog‘atga etmagan o‘g‘il bola va qiz bola shunday katta bo‘lsaki, ularni ko‘rishdan shahvat qo‘zg‘alsa, bas, o‘g‘il bolani erkak va qiz bolani ayollargina g‘usl beradi.
G‘usl beruvchi tahoratli bo‘lgani yaxshidir.
Qaysi bir shaxs junub holida yoki qaysi bir ayol hayz yoki nifosda bo‘lsa, ular mayyitga g‘usl bermaydi, chunki ularning g‘usl bermog‘i makruhdir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:41 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar