Yana Umar Xayyom va ruboiylar haqida
Xurmatli Shayx janoblari! Sizning «Zikr ahlidan surang» deb nomlangan kitobchangizni o‘kib, Umar Hayom ruboiylari mavzusi yuzasidan menda savol tug‘ildi. Chunki unda bildirilgan ba’zi fikrlarga men aslo ko‘shila olmas edim. Shuning uchun o‘z fikrimni bildirib, ushbu mavzu yuzasidan savol bilan murojaat qilmoqdaman. Endi mavzuga qaytsak. Mening savolim avvalam bor ushbu ruboiylar Umar Hayomga tegishli yoki tegishli emasligi haqida emas, balki Umar Hayomniki emas, deb aytilayotgan ruboiylar mavzusi va boshqa mutafakkirlarning shu kabi ruboiylari haqidadir. Biz sharqshunoslik oligohida o‘qib yurgan paytimizda Umar Hayom, A. Navoiy, Jomiy, Xofiz Shiroziylarning ba’zi ruboiylarini qo‘ldan kelganicha tahlil qilar va shu bilan bir qatorda ularning hayot va ijodlarini o‘rganar edik. Shuning uchun Umar Hayom avvalida matematik va astronom ekanligini va u yaratgan kalendar hozirgi zamon texnikasi bilan hisoblab tayyorlangan kalendardan kichiq bir farq qilishini yaxshi bilar va afsuski, ko‘pchilikka faqat u ruboiylari bilan mashxur ekanligini ham yaxshi tushunar edik. Ularning asarlarini tahlil qilishdan maqsad A.Navoiy «ma’no ahli ma’noga, suvrat ahli suvratga boqar», deb aytganidek suvrat ahli bo‘lib kolmaslik edi. Endi Siz javobingizda bu ruboiylar, boshqa shaxslar, ya’ni uning dushmanlari -botiniylar tomonidan Umar Hayom obro‘siga putur etkazish uchun yozilgan, deb ta’kidlab o‘tgansiz va shuningdek, bu ruboiylar islom dushmanlari orasida islomga putur etkazish uchun targ‘ib etilgan, va eski sovet imperiyasida ham keng targ‘ib qilindi. Chunki «bu jamiyat dunyodagi eng aroqxo‘r jamiyat edi…..» deb yozib o‘tgansiz va bu ruboiylar unga tegishli emasligini shu masala yuzasidan ishlar olib borgan olimlarning manbalaridan dalillar keltirib, ta’kidlab o‘tgansiz. Endi savolga kelsak. Bizda va Eronda Umar Hayomniki, deb talqin qilib kelingan quyidagi ruboiylar Umar Hayomniki emas deb talqin qilinayotgan ruboiylar to‘plamida bormi yoki yo‘qmi? Yo‘q bo‘lsa, unda aniq bu ruboiylar uniki bo‘lib chiqadi va agar bor bo‘lsa, unda ruboiylarga nisbatan berilayotgan tasnifni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi - sabab: bu ruboiylar aslo muallifning obro‘sini to‘kmaydi. Chunki biror bir insonni badnom qilish va obro‘sini to‘kish uchun uning nomidan yomon asarlar, g‘azallar, ruboiylar va she’rlar yozish lozimdir. Endi misollarga kelaylik May ichsam egilib koladi tizzam, O‘ylasam gunoh emasku, sajdaku bu ham. Azaldan bilardi buni o‘zi haq, Shakkoklik emasmi agar ichmasam? Umar Hayom (Sh.Shomuhamedov tarjimasi) Ma’nosi: Ilmu ma’rifat yo‘li ogirligidan tizzam egilib koladi. Uylasam bu ham ibodatni bir kurinishiku, ilm olmok farz ekanligini azaldan xak taolo bilar edi va agar ilmga ma’rifatga intilmasam shakoklik emasmi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, may so‘zini, ruboiy mazmuniga qarab, tahlil qilish lozim. Chunki may deganda «haqikat mayi» «ishq mayi» «vasl mayi» «ma’rifat mayi» tushunish mumkin. Abdurahmon Jomiy o‘zining «Lavomi’» degan asarida may bilan muhabbat orasidagi o‘xshashliklardan untasini bayon qilgan. Birinchisi, may o‘zining asliy o‘rni bo‘lmish xum ichidan o‘zganing ta’sirisiz o‘zidan-o‘zi qaynab, o‘zining ko‘rsatishga harakat qilganidek, oshiqlar ko‘nglidagi ishq ham tashqi bir sababsiz g‘alayon qilib, zuhur etishga intiladi. Ikkinchisi, may hz zoti haddida muayyan bir shaklga ega emas, qaysi idishga quyilsa, shu idishning ichki shaklini oladi. Xuddi shuningdek, ishq Aslan mutlaq bo‘lib, uning zuhuri muhabbat ahlining qobiliyati va iste’dodiga yarasha sodir bo‘ladi. Oshiqlar orasidagi tafovut ishqning zotiy xususiyatiga emas, ularning ko‘ngil idishiga bog‘liqdir. Uchinchi o‘xshashlik shundan iboratki, mayning ham, ishqning ham siroyati yalpi jarayondan iboratdir. May oshiqning hamma a’zosiga ta’sir qilganidek, ishq ham oshiqning qonu joniga kirib, uning butun vujudini egallab oladi. To‘rtinchisi, may uzining ichkuvchisini, ishq sevguchini mardu sahiy qilib kuyadi. Ammo may mati pulni ayamasa, ishq masti jonu jahonini, boru yug‘ini baxshida qiladi. Beshinchi o‘xshashlik, may ham, ishq ham kishini qo‘rqmas va botir qilib qo‘yadi. Lekin may botirligi oqibatni ko‘ruvchi aqlning mag‘lub bo‘lishidan bo‘lsa, ishq shijoati haqikat nurining g‘olibligidandir. Birinchisi, shaxsni falokatu halokatga olib boradi, ikkinchisi abadiy xayotu saodatga boshqaradi. Oltinchisi, may ham, ishq ham kishi boshidan kibru havoni o‘chiradi va niyozu tavozuga tushiradi. Biroq ichqilikning oqibati xorligu razolatdir, pok ishq natijasi izzatu sharofatdir. Ettinchisi, may ham, ishq ham sirni fosh qiladi. Asrlar davomida ayon bo‘lgan haqikatu ma’rifat sirlarini ishq yuzaga chiqargan. Sakkizinchisi, may ham, ishq ham kishini behud qiladi. Ammo may bexushligi nodonlik va g‘aflatning eng tuban darajasidir, ishq bexudligi esa sezgirlik va ogohlikning eng oliy martabasidir. Tuqqizinchisi, mayparast mayni ichgani sari, yana ko‘prok ichkisi keladi, ishqparast ham ishq dardiga mubtalo bo‘lgan sari, yana ortiqroq berila boradi. Lekin ichkuvchi borgan sari, odamiylik qiyofasini yo‘qota boradi, sevguvchining esa insoniy fazilatlari orta boradi. Uninchisi, may ham, ishq ham nomusu xayo pardasini ko‘taradi. Biroq ichgan o‘zidan o‘zgani haqorat qilib, xalqqa ozor berishdan uyalmaydi, sevgan esa uzgalar uchun o‘zini xoru zor qilishdan or qilmaydi. Demak, ishqning may bilan o‘xshash jihatlari ko‘p, lekin oqibat jihatidan ular bir-biriga tamoman zid ekan. O‘zni dono bilgan u uch-to‘rt nodon Eshak tabiatin qilur namoyon. Bular suhbatida sen ham eshak bo‘l, Bo‘lmasa «kofir» deb qilishar e’lon Umar Hayom (Sh.Shomuhamedov tarjimasi) Ma’nosi: «Zikr ahlidan so‘rang» kitobchangizda Siz ham ba’zilar uni daxriy, kofir deb ham e’lon qildilar, deb aytib o‘tgan edingiz va bu ruboiy ana shunga uxshash ahmoqlarga qaratilgan bo‘lib, agar ular bilan hamsuhbat bo‘lganingda, o‘z fikringni ochiq bayon etma, bo‘lmasa ular seni kofirga chiqarishadi, deb ogohlantirmokda. Dilim ilmlardan mahrum bo‘lmabdi, Bir sir qolmadiki, mafhum bo‘lmabdi. Tunu kun o‘yladim etmish ikki yil: Ongladim-hech narsa ma’lum bo‘lmabdi. Umar Hayom (Sh.Shomuhamedov tarjimasi) Ma’nosi: Bilamizki, Umar Hayom milodiy taxminan 1048 yilda tug‘ilib 1122 yilda olamdan o‘tgan. Ya’ni taxminiy hisoblarga ko‘ra 74 yil umr ko‘rgan. Bu buyuk alloma ya’ni orif inson, ham diniy va ham dunyoviy bilimlar egasi, insonning bilish doirasi chegaralanganligini va inson qanchalar chuqur bilim egasi bo‘lgani sari shunchalar ojizligini xis etishini takidlab o‘tmokda. May nodonga xaromu, donoga halol, Kim-la, qachon ichmak mumkin, bilib ol. Shul uch masalani hal eta olsang, Demak bilimdonsan, sipqor bemalol. Umar Hayom (Sh.Shomuhamedov tarjimasi) Ma’nosi: Ilm nodonga xarom, donoga esa xalol, chunki bilamiz - ilm yomon niyatli kimsalarning qo‘liga tushsa, u ilmni albatta o‘z manfaati yo‘lida ishlatib ko‘p insonlarni boshga balo olib keladi. (Dinamitni kashf etgan Nobel dinamitni nafaqat o‘zining moddiy ahvolini yaxshilash, balki inson mehnatini ham engillashtirish yo‘lida o‘ylab topgan bo‘lib, uning bu kashfiyoti yomon niyatli kimsalarning qo‘liga tushganida ko‘plarning yostig‘ini ham quritdi, shuning uchun bo‘lsa kerak, kim insoniyat manfaati yo‘lida biror bir narsa ixtiro etsa, unga bu ixtirosi uchun mukofot shaklida moddiy rag‘batlantirish uchun o‘z mol mulkini bir fond shaklida qoldirib ketdi va shuningdek, geroinni o‘ylab topgan noodam ham ilmli inson, lekin uning ilmi faqat yomonlik va ofat keltiradi. Ilmni aytib o‘tilgan fikrlarni nazarda tutgan holda, kimdan qaerda olish mumkinligini bilib ol va shularni hal qila olsang, demak sen to‘g‘ri yo‘ldasan va xech ikkilanmay ilm yo‘lida bo‘lgin deyilgan. Muftiy, sendan kura purkorroqdirmiz O‘ta mast bo‘lsak ham, xushyorroqdirmiz Biz tok qoning ichamiz, sen odam qonin Insof qil, kaysimiz xunxurroqdirmiz. Umar Hayom(Sh.Shomuhamedov tarjimasi) Ma’nosi: Ey, mufti sendan ko‘ra insonlarga foydasi tegadigan ish bilan bandroqmiz Ilmu ma’rifat yo‘lida bo‘lsak ham, sendan ko‘ra xushyorroqdirmiz (ya’ni oxiratni unutmagan holda) Biz ilm- ma’rifat mayini ichamiz, sen odam konin Va insofan ayt qaysi birimiz qonxurroqdirmiz. Bu misolni ham berib o‘tishimdan sabab, tarixda nafaqat islom olamida, balki xristian olamida ham, ming afsuslar bo‘lsin, ko‘pgina din arboblari salbiy rol o‘ynab, ilm-ma’rifat, dunyoviy ilmlar yo‘lini tusganlar va bundan maqsad xur fikrlikka yo‘l ochmaslik va shu orkali xalqni omi qoldirish tarafdori edilar. Sabab, xalq qancha omi bo‘lsa, uni nazorat qilish va asl islomdan yiroq bo‘lgan maqsadlariga erishish shuncha oson kechar edi. Janobi payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. «Ilmni kerak bo‘lsa, Xitoyga borib o‘rganinglar, deb ummatlariga murojaat qilganlar». Bu bilan Xitoyga borib islom ilmi va mening sunnatlarimni o‘rganinglar, deganlari emasku, va bu dunyoviy ilmlarni o‘rganishga chaqiriq edi. Bu chaqiriqlarga amal qilmaganligimiz natijasi nimalarga olib kelganligi mendan ko‘ra Sizga ko‘proq ayondir. Albatta, bunday xodisalar xristian olamida ham ruy berib, Rim cherkovi tomonidan tashqil etilgan «inkvizitsiya» cherkov ta’lomotiga o‘xshamagan yoki xur fikrlaganlarini gulxanda yoqgan. Masalan astronom Djordano Bruno va hozirda uning xaykali Rim shahriga o‘rnatilgan. Shuningdek, polyak olimi Kopernik inkvizitsiya surog‘idan chiqib kelib, «Baribir u aylanadi!» degan edi. Va siz yaxshi bilsangiz kerak, Rim Papasi Ioann Pavel II chi uzining xristian olamiga qilgan murojaatnomasidan «inkvizitsiya» xatolari uchun Rim nomidan kechirim so‘ragan edi. Endi ruboiy mavzusiga qaytsak, bu ruboiy ana shunday din arboblarga nisbatan aytilgandir. Chunki tarixdan ma’lum, Abbosiylar xalifaligi davrida ilm-ma’rifat chirog‘i yarqirab yondi va shu davr inertsiyasi bilan yana bir-ikki asr shu’la taratdi va sundi. Chunki, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Al Xorazimiy, Umar Hayom, Zamahshari va shu kabi ko‘pgina dunyoviy ilmlarning tojdorlari milodiy XII asrlargacha yashab o‘tishgan. XIV asrda yashagan yurdoshimiz Mirzo Ulug‘bek qismati hammaga ma’lum va ona zaminimizda xurofot shu darajagacha etgan ediki, xatto u qurdirgan observatoriya xarobaga aylantirildi va V asr insonlar xotirasidan ko‘tarildi va XX asr boshida rus sovet olimi Vyatkin ushbu observatoriyani ochib, dunyoga tanitdi. Endi mavzuga qaytsak, agar bu ruboiylarni Umar Hayom nomini badnom qilish uchun aytilgan desak, xato qilamiz, chunki bu ruboiylarning mazmuni ojizona tahlilimizga ko‘ra, obro‘sini to‘kish urniga balki oshiradi va unga nisbatan ma’no ahli tomonidan tasannolar aytiladi. Agar tushunmaganlar suvrat ahli bo‘lsa, bu ruboiylarning mualifida Umar Hayommi eki boshqami ayb yo‘q, chunki u boshqalar kabi tor doirada o‘ylay olmas va ichki xis tuyg‘ularini istiora (metafora) shaklida bildirar ekan. To‘g‘ri, uning ba’zi ruboiylari va savol yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan to‘rtlikni ham talqin qilib berish juda kiyin masala va agar uni to‘g‘ri tushunayotgan bo‘lsak ham, axir tafakkur yuritadigan har bir bilim egasida uning ilm darajasi va kuzatishlari natijasida ichki g‘alayonlar, bir biriga zid va turli noan’anaviy fikrlar (Al Xorazimiy va Zamahsharilar tanqid qilingan va quvginga uchragan mu’taziliylar yo‘lida edilarku!) yuzaga kelib turishini va shuningdek, ojiz bilimimizni shu ruboiylar muallifi bilimi bilan bir tarozga qo‘yib ulchamaslik kerakligini unutmaslik lozim. Endi shu mavzuga o‘xshash boshqa matafakkirlarning she’ri uslubda yozilgan fikrlari bilan tanishib chiqsak. Zohid senga xuru menga jonona kerak Jannat senga bo‘lsin, menga mayxona kerak. Mayxona aro soqiyu paymona kerak Paymona necha bo‘lsa to‘la yana kerak. A. Navoiy Ma’nosi: Zohid sen jannat xurlari ilinjida xotin va bola chaqadan kechasan va xurlar senga bo‘lsin, ammo menga esa haq jalla jalolohuning jamoli kerak. (Janobi payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. ibodat uch turli bo‘ladi. Birinchisi yaratguvchidan biror bir narsani ta’ma qilib, ikkinchisi undan qo‘rkib, uchinchisi esa uni sevib va ibodatning a’losi uni sevib ibodat qilishdir. Afsuski, biz deyarli hamisha birinchi va ikkinchi turida ibodat qilamiz va jannatni so‘rab, xurlarni o‘ylaymiz, uning jamolini ko‘rish esa eng katta mukofot ekanligini esa hayolimizga ham keltira olmaymiz: sabab - biz nafsimizning qulimiz). Jannat senga bo‘lsin, menga ma’rifat markazi kerak Ma’rifat markazida ilmu ma’rifat tarqatguvchi va ma’rifat kosasi kerak Ma’rifat kosasi qancha bo‘lsa yana shunchasi kerak. Bu erdagi tushunish mushkulrok bo‘lgan «jonona» so‘zining tasnifini olaylik. Falsafiy she’rda «jonona» yoki «jonon» deganda borlikning koinot va undagi mavjudotning uzluksiz harakatini ta’minlab, bor qilib turish sifati tushuniladi va biz imon keltirganlar bu sifat faqat Ollohgagina mansubligini e’tirof etamiz. Gul davrida ich bodanikim, oqil emastur Xar kimki, bu kun dunyoda xushyor topilsa Abduraxmon Jomiy Ma’nosi: Gul davridan murod yana usha umr bahori, ya’ni kishining ilm urganib, xunar egallaydigan yoshlik davri va boda, ya’ni maydan maksad ma’rifatdir. Binobarin, bu baytni bahorni ichqilikbozlik qilib kungilni aynitib, boshingni og‘ritib o‘tkaz, deb emas, balki umrdan yaxshi xosil olish uchun uning gul davridagidek gullaydigan hosilga zamin tayyorlovchi yoshlik davrida ichkilik emas, ma’rifat bodasini ich, kimki bu dunyoda ichkilik tufayli es-xushini yo‘qotmagan bo‘lsa-yu, xunar o‘rganib ilm olib haqikat sirlarini bilishga intilib, kamolot xosil etishga harakat qilmasa, uni aklli kishi deb bo‘lmaydi. Aloyo ayyuha-s-soqiy, adir ka’san va novilxo Ki ishq avval namud oson, vale uftod mushkulho ya’ni: Qani, ey soqiy, bir kosani aylantirib, uni menga ham etkaz, chunki ishq avval oson ko‘rinib, keyin kiyinchiliklar yuz berdi. Bu baytdagi soqiydan murod ma’rifat tarqatuvchi kishidir. Kosadan maqsad ma’rifatdir, ishq esa ma’rifat ishqidir. Binobarin, bu baytning haqikiy mazmuni shunday bo‘ladi: Ey, ma’rifat oshiqlarining ustozi, ma’rifat idroki menga avval osondek kuringan edi, ammo buning ko‘pgina kiyinchiliklari chiqib, mening unga bo‘lgan ishqimni susaytirmokda. Shuning uchun sen davrangga yig‘ilgan shogirdlaringni, jumladan, meni, ma’rifat sirlaridan bir ozgina ogox qilib, soviyotgan ko‘nglimizni qizdirgin. Shuningdek, Abdurahmon Jomiy «Ey bodaparastan dar-i mayxona kujo ast», ya’ni «Ey mayparastlar, mayxonaning eshigi kaerda», bu degani ey ma’rifat istaguvchilar ma’rifat uyining eshigi kaerda degan ma’noni bildiradi va Navoiyning «Kofermen agar qilmasam oshom kadax» kabi murojaati esa kofirman, agar xar kecha ma’rifat kosasidan sipqirmasam, degan ma’noni bildiradi. Yuqorida berib o‘tilgan ba’zi ruboiylar, baytlar va mayning istiora ma’nolari akademik olim Alibek Rustamovning «So‘z xususida so‘z» nomli odobnoma kitobchasida chiroyli qilib tushuntirib berilgan va bu kitobcha 1987 yili «Yosh gvardiya» nashriyoti tomonidan chop etilgan. Demak, sovet davrida ham, ma’no ahli yukorida berib o‘tilgan ruboiylar va baytlar mazmunini aniq talqin qilib, kitobxonlarga taqdim etishga xarakat qilishgan. Bu bilan sovet davrida faqat kadax ko‘tarish uchun bu ruboiylar bosib chiqarilgan va foydalanilgan desak xato qilamiz, chunki ma’no ahli sovet davrida ham bu ijodlarning asl ma’nolarini tushunar va tushuntirishga harakat qilar edilar. Suvrat ahli bo‘lib bu ijodlardan o‘rinsiz foydalanganlar esa o‘zlariga zarar qilganlar. Men aminman, Sizning muxlislaringiz juda ham ko‘p bo‘lib, men ham ulardan biriman. Balki men shoshib, bu haqida yozgan to‘liq ma’lumotingizni o‘qimay turib, savollar bilan murojaat qilayotgandirman, ammo sovet davrida ilm yo‘lida bo‘lgan olimlarning sharxlarini unutsak, ularga nisbatan ham adolatsizlik bo‘lar edi. Shuningdek, Umar Xaymniki emas, deb talqin qilinayotgan ruboiylarni tushunish uchun tayergarlik kerakligi, chunki adabiyotda ba’zi falsafiy fikrlar istiora (metafora), ya’ni boshqa narsalar bilan ko‘chma ma’noda berilishini aytib o‘tish lozim. Sabab, ko‘p insonlar «Zikr ahldan so‘rang» kitobchangizni o‘qib, adabiyotdan uzoq bo‘lganliklari uchun umuman boshqacha kabul qilib, ushbu tuplamdagi hamma ruboiylar bema’ni ekanligini, chunki Shayx janoblari shunday demokdalar deyishayotganini kurib, tashvish tortdim va ushbu xatimni yozdim. E’tiboringiz va javobingiz uchun raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Assalomu alaykum Muhtaram nomi noma’lum sharqshunos janoblari! Avvalo sizni asl nomingizni bilmaganim uchun sharqshunos deb ataganim uchun kechirim so‘rayman. O‘zingizning tanitishni istamayotganingizning sababi men uchun noma’lum. Avval ham bir necha sahifada ushbu maktubni uyimga yuborgan edingiz. Unda ham nomningiz yo‘q edi. Men yozuvingizni o‘qib nomi sharifingiz yo‘qligidan ajablandim. Javobni kimga yo‘llashni bilmay qiynaldim. Oila a’zolarimdan so‘rab ham maktubning egasi yoki keltiruvchisini topa olmay xunob bo‘ldim. Bu sahifaga e’tirozingizni yo‘llab yaxshi qilibsiz. Aftidan masala sizning hayot mamot ishingizga aylanib qolganga o‘xshaydi. Lekin o‘zingizning kimligingizning yashirish undan ham muhim sheqilli. Sizning bu masaladagi tushunchangiz bizga noma’lum. Ammo bizning tushunchada tortishayotgan odamdan kimligini yashirish yaxshi emas. Aslida sizga o‘xshash nomi yo‘q janoblarga javob berilmaydi. Ammo shunday bo‘lsa ham bir necha e’tiborlar borligi uchun qisqacha javob berishga, Allohdan yordam so‘ragan holda, harakat qilaman. Menimcha, siz «Zikr ahlidan so‘rang»dagi o‘zingiz e’tiroz bildirayotgan mavzuni nima sababdan va qanday asosda yozilganini tushunib etmagan ko‘rinasiz. Siz meni o‘zingiz misol tariqasida keltirib sharhlagan she’rlarni istiora va boshqa bunga oid narsalarni bilmaganim uchun Umar Xayyomniki emas deyishlikda ayblamoqdasiz. Buni ham bir yoqqa qo‘yib engil tarafini oladigan bo‘lsak, o‘sha narsalarni bilmaydigan odamlarda noto‘g‘ri tasavvur hosil qilishda aybamoqdasiz. Muhtaram nomi noma’lum sharqshunos janoblari! Siz o‘zingiz sharqlik bo‘la turib g‘arbliklardan ularning qoidasi, uslubi va dunyoqarashi asosida o‘rgangan narsangizni biz aslimizni tutgan holda asl qoida, uslub va e’tiqod asosida o‘rganganmiz. Bunga siz men bilan tortishayotgan masalaga oid bo‘lgan masalaga bog‘liq narasalar, arab tili ham, Islom dini ham, tasavvuf ham, aqoid ilmi ham, tarix ham va o‘tganlarning asarlarini o‘rganish ham kiradi. Shuning uchun Alloh bizga mazkur baytlar haqida siz bilmagan narsalarni ham bildirgan. Muhtaram nomi noma’lum sharqshunos janoblari! Men yozgan narsalaringizni birma bir tahlil va tanqid qilmoqchi emasman. Bunga imkonim bo‘lsa ham, vaqtim yo‘q. Lekin faqat bosh masalaga to‘xtalib o‘tmoqchiman. Men mazkur baytlar Umar Xayyom rahmatullohi alayhiga tegishli emasligiga ilmiy asosdagi manbalarga suyangan holda ochiq – oydin dalillar keltirgan edim. Siz bo‘lsa, she’rning baytlaridan uning kimniki ekani haqida hukm chiqarmoqdasiz. Bu ilmiy qoidaga to‘g‘ri keladimi? Muhtaram nomi noma’lum sharqshunos janoblari! Siz mazkur ruboiylar Umar Xayyomniki degan da’voni qiladigan bo‘lsangiz, aniq dalil va hujjat bilan ularni u kishining og‘zidan eshitgan yoki yozgan qo‘lyozmasini avloddan avlodga o‘tkazib kelgan adolatli kishilarning guvohligini keltirishingiz va boshqa bir qancha talablarga javob berishingiz kerak bo‘ladi. Buni siz ham, boshqalar ham qila olmaysizlar. Aksincha, mazkur ruboiylar Umar Xayyomniki emasligini Mubbashir Taroziy rahmatullohi alayhi ilmiy asosda isbot qilib va o‘zini bilganlarni tan oldirib qo‘yganlar. U kishiga qilgan bu savobli ishlari o‘sha paytda ko‘zga ko‘ringan musulmon arboblar, jumladan, doktor Abdulvahhob Azzom, Misr muftiysi va katta ulamolar jamoasi a’zosi Hasanayni Muhammad Maxluf hazratlari va boshqalar tashakkur maktublari yozganlar. Mazkur matnlar Mubbashir Taroziy rahmatullohi alayhining kitoblari oxirida keltirilgan. Muhtaram nomi noma’lum sharqshunos janoblari! Mubbashir Taroziy rahmatullohi alayhi o‘zlarining mazkur kitoblarida Umar Xayyom tirik paytida she’r aytmagani, vafotidan keyin ham ruboiylar haqida gap bo‘lmagani, bular botiniylar avj olganda paydo bo‘lgani, mazkur ruboiylarni soni haqida ham ixtilof borligi kabi ko‘plab ma’lumotlarni erinmay tahlil qilganlar. Siz ham o‘zingizdagi nusxani olib kim, qachon, qaerda, kimdan tarjima qilganini. Asl nusxa qaerda ekanini va boshqa shunga o‘xshash ilmiy ma’lumotlarni o‘rganib chiqing. Ehtimol o‘z fikringizga dalil topib o‘sha ruboiylarni Umar Xayyom rahmatullohi alayhi qalamiga mansubligini isbot qilarsiz. Muhtaram nomi noma’lum sharqshunos janoblari! Siz maqtayotgan zamonda ruboiylar nima niyatda nashr va targ‘ib qiligan edi? Kishilarni Allohning diniga va muhabbatiga chaqirish uchunmi? Taqvoga, ibodatga, zikrga, halollikka, aroqxo‘rlikdan yuz o‘girishgami? Yoki aksinchami? Muhtaram nomi noma’lum sharqshunos janoblari! Botiniylarning ishi shunday bo‘ladi. Ikki taraflama ma’noni ifoda qiluvchi gaplarni yoki taqvoga oid gaplarini keltirib turib ularning ichiga kufr, shirk va nifoqni kiritib qo‘yadilar. Boshqacha qilib aytganda, zaharni asalga o‘rab taqdim qiladilar. Siz keltirayotgan baytlar ikki taraflama ma’noli ekanini o‘zingiz e’tirof qilmoqdasiz va uni botiniy ma’nosini sharhini ham keltirishga majbur bo‘lmoqdasiz. Biz ham sizga qo‘shilib odamlarga istiora va boshqa qoida hamda sir asrorlarni tushuntirib baytlarni anglatishga harakat qilishga tayyormiz. Ammo bu borada siz bilan biz katta muammoga duch kelamiz. Ruboiylar ichida siz bilan biz qanchalar urinmasak ham ma’nosini boshqa tarafga burib bo‘lmaydiganlari chiqib qoladi. Muhtaram nomi noma’lum sharqshunos janoblari! Bu fikrning dalili uchun sizning tashvishga solgan ma’lumotni e’lon qilishga majbur qilgan savoldagi baytnigina keltirish bilan kifoyalanishga ijozat bergaysiz. Azaldan loyimni qorganda xudo Bilardi fe’limdan ne bo‘lur paydo. Hukmidan tashqari emas gunohim Xo‘sh, nechun mahsharda beradi jazo? Muhtaram nomi noma’lum sharqshunos janoblari! Bunisiga nima deysiz? Qazoi qadarga bo‘lgan komil iymon deysizmi? Yoki Allohning ilmi cheksizligi va uning bandani majburlashga dahli yo‘qligiga ishonch deb aytasizmi? Yoxud Allohning irodasiga taslim bo‘lish deb baholaysizmi? Ammo ahli Islomlarning barchasi; avvalgisiyu keyingisi, aqoid ilmi bobokalonlari, faqihlar, muhaddislar, mufassirlar, oqiyu qorasi barcha barchasi buni bir ovozdan bu butun olamga tatiydigan kufr, shirk, nobakorlik, qazoi qadarni inkor qilishlik, Allohning ilmi cheksizligini tan olmaslik, Odil Allohning adolatsiz deb ayblash va kufrning boshlaridan biri bo‘lgan jabriya mazhabi deb aytadilar. Muhtaram nomi noma’lum sharqshunos janoblari! Mo‘min – musulmonlarning barcha ulamolar jumhuri milionta aqiydaga mos baytning ichida bitta shu kabi shakkok baytni topsa uning egasining iymonida shubhaga tushadilar. Siz nima qilasiz? Muhtaram nomi noma’lum sharqshunos janoblari! Mo‘min – musulmonlar Umar Xayyom rahmatullohi alayhini sof aqiydali, taqvodor zot bo‘lgan, u kishi bu kabi gaplarni aytishi mumkin emas deydilar. Siz nima deysiz? Javob berishdan oldin yaxshilab o‘ylang, avval aytganlaringizga teskari gapirib qo‘ymang. Muhtaram nomi noma’lum sharqshunos janoblari! Mening sizni tashvishga solgan ma’lumotlarni taqdim qilishga chorlagan narsa ushbu va bunga o‘xshash boshqa baytlar tufayli Umar Xayyom rahmatullohi alayhiga qo‘yilgan va qo‘yilayotgan ayblarni rad etish edi. Istiora va boshqa gaplarning o‘z o‘rni bor edi. Savolga yarasha javob bergan edim. Siz gapni boshqa yoqqa buribsiz. Muhtaram nomi noma’lum sharqshunos janoblari! Sizning yozganlaringizni birma bir javobini berganimda, nomi sharifingizni yashirib chora tadbir ko‘rgan bo‘lsangiz ham, o‘zingizdan o‘zingiz uyalib qolar edingiz, inshaalloh. Lekin bir gapni aytmay o‘tsam bo‘lmaydiganga o‘xshaydi. Siz «…tarixda nafaqat islom olamida, balki xristian olamida ham, ming afsuslar bo‘lsin, ko‘pgina din arboblari salbiy rol o‘ynab, ilm-ma’rifat, dunyoviy ilmlar yo‘lini to‘sganlar va bundan maqsad xur fikrlikka yo‘l ochmaslik va shu orqali xalqni omi qolidirish tarafdori edilar» debsiz. Qarang, oldin islom olamini aytib keyin xristian olamini ham ikkinchi darajali qilib qo‘shibsiz. Ko‘pgina musulmon din arboblarining ilm – ma’rifatga qarshi jinoyatlariga Mirzo Ulug‘bek rahmatullohi alayhining fojeasini misol keltiribsiz. Ammo avvalgi sho‘ro davridagi kabi Ulug‘bekni Xo‘ja Ahror nomli diniy reaksion johil shaxs o‘ldirgan demabsiz. Chunki endi bu gapni ayta olmaysiz. Sir fosh bo‘lgan. Ulug‘bek va uning rasadxonasi islomdan uzoqlashgan siyosatchilarning qurboni bo‘lgan. Muhtaram nomi noma’lum sharqshunos janoblari! Siz tarozining pallasini tenglashtirish niyatida ikkinchi o‘ringan surayotgan xristian olamidagi kabi Islom olamida din tomonidan «taftish mahkamalari» tuzilib dunyoviy ilm sohiblarini jodudan o‘tkazish, o‘tga yoqish, anvoyi azoblarga solib qatl qilish holatlari bo‘lmagan. Agar bu kabi ishlarni bo‘lgani haqida umumiy gaplardan hujjat va dililingiz bo‘lsa tahlil qilishimiz mumkin. Muhtaram nomi noma’lum sharqshunos janoblari! Siz ayblashda Islom olamidan keyingi o‘ringa qo‘yganingiz xristian olamidagi «taftish mahkamalari» va ular orqali amalga oshirilgan ishlar ham aynan siz qoralayotgan musulmon din arboblari rahbarligida Ovropada sakkiz yuz yil ilm – ma’rifat, fan va madaniyat nurini taratgan Andalus Islom davlatiga borib ta’lim ko‘rib kelgan xristian ma’rifatparvarlariga qarshi ish sifatida boshlanganini ham yodingizga solib qo‘yishga ijozat bergaysiz. Muhtaram nomi noma’lum sharqshunos janoblari! Islom va musulmon din arboblarni kommunistik mafkuraning ishi davom ettirib dunyoviy ilmga qarshilikda, hur fikrlikka yo‘l ochmaslikda va shu orqali xalqni omi qoldirish kabi ayblarda ayblash bugunga kelib siyqasi chiqqan safsataga aylanib qolganini ham sizga eslatib qo‘ymoqqa ijozat bergaysiz. Muhtaram nomi noma’lum sharqshunos janoblari! Sizga tashakkurlar izhor qilishga ijozat bergaysiz. Shu bilan birga yoqmagan gaplar aytilgan bo‘lsa ma’zur tutgaysiz. Sizning sharqshunoslikdan boshqa sifatingizni bilmaganim uchun shunday murojat va muomala qilganimni aybga buyurmaysiz. Kelajakda nomi sharifingizni yashirmassiz degan umidda bo‘lishga ruxsat so‘raymiz. https://islom.uz/content/view/370/138/
20 Aprel 2022, 21:09 | Savol-javoblar | 258 | Siyrat va tarix