Rasululloh s A V Allohning jamolini ko‘rganmilar?
Ahmad Lutfi Qozonchining "Saodat asri qissalari -2" asarida quyidagi so‘zga jumlaga duch keldim: "Rasululloh (s. A. V. ) o‘sha kecha Alloh taoloning jamolini to‘yib to‘yib ko‘rib olganlari ham aniq. " Lekin bir kitobda quyidagiga ham duch keldim. "Masruq rivoyat qiladi: «Oishaning huzurida suyanib o‘tirgan edim. U menga Oisha r. A. – Payg‘ambarimiz SAVning suyukli ayoli. Abdulhamid Taxmoz aytdiki: «Ey Oishaning otasi, kim uch narsani da’vo qilsa, Allohga katta bo‘xton to‘qibdi». Men: «Ular qaysilar? », dedim. U aytdiki: «Kim Muhammad alayhissalom Robbisini ko‘rdi, deb da’vo qilsa, Allohga katta tuhmat qilgan bo‘ladi», dedi. Men suyanib turgan joyimda o‘tirib olib dedim: «Ey ummul mo‘minin, menga qarang, meni shoshiltirmang, Alloh azza va jalla bunday deb aytmaganmi: «Darvoqe, (Muhammad alayxissalom Jabroil farishtani o‘zining asliy suratida) ikkinchi bor (Jannat) chetidagi Nilufar oldida ko‘rdi» (An-Najm, 13-14). Oisha roziyallohu anho unga dedi: «Men bu xaqda Rasul alayxissalomdan eng birinchi so‘raganman. U kishi: «U Jabroildir. Men uni xaqiqiy qiyofasida faqat ikki marta ko‘rganman. Bir safar uni ufqda, er va osmon orasini egallab turgan xolda ko‘rdim». Oisha onamiz: «Alloh taolo bunday deganini bilmaysanmi: «Ko‘zlar unga eta olmas. U ko‘zlarga etar! U mehribon va (har narsadan) ogoh zotdir» (Anom, 103). " Qaysi biriga ishonay? yoki tarjimada xato bor ekanmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu masalada ikki xil gap bor. Ba’zilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloni me’rojda peshonadagi ko‘zlari bilan ko‘rganlar, deydilar. Boshqalar, jumladan Oisha onamiz roziyallohu anho, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloni me’rojda qalb ko‘zlari bilan ko‘rganlar, deydilar.
30 Aprel 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 140 | Aqiyda