Jinlar yordamida

Assalomu alaykum! Folbinga borish harom, chunki g‘aybni faqat Alloh biladi. Lekin ko‘pincha folbinga yo‘qolgan narsani topish uchun boriladi. Albatta ularga bunda jinlar yordam berishadi. Aytingchi biror narsani topish uchun folbinga borish mumkin emasmi? Yo‘qolgan narsani topish bu g‘aybni bilish emasku. Ularga yordam berayotgan jinlarga Alloh inson qilaolmaydigon xususiyatni bergan. Masalan tez harakatlanish kabi. Qur’onda jinlar g‘aybni, inson taqdirini bilmaydi deyilgan, o‘tgan vaqtda bo‘lgan voqealarni, yo‘qolgan narsalar turgan erni ham bilaolmaydi ham deyilganmi? Bo‘lib o‘tgan voqeani yoki yo‘qolgan narsa turgan joyni ba’zi kuchli mantiqiy fikirlaydigan insonlar ham atrofdagi narsalar holati va boshqa dalillarga asoslanib to‘g‘ri aytib berishadi, jinlarga undan ham onson emasmi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo insonlarni imtihon qiladi. Imtihon har kimda turlicha bo‘ladi. Siz aytgan narsasini yo‘qotganlarning ishi ham bir imtihondir. Xohlasalar Alloh va Uning rasulining gapini olib folbinga bormasin va janatga ega bo‘lsin. Xohlasa o‘sha arzimas narsani deb Alloh taolo qaytargan folbinga borib, do‘zaxni tanlasin. Shu erda banda ixtiyorli. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 139 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar