Ota onaga xaj uchun zakot berish

Assalomu alaykum! Ota-onam xajga borish uchun navbatga yozdirib kelishdi. Man zakot berishga qodir insonman Alhamdulillah. Onam shu zakotingni bizga berib yursang, biz shu yig‘ilgan pullarga vaqti kelib xaj uchun to‘lov qilishda foydalansak deyishvotti. Bilishimcha farzand ota-onasi, buvi-buvasi va farzand, nabiralariga zakot berib bo‘lmaydi. Shu masalaga oydinlik kiritib bersangizlar. Oldindan rahmat! Alloh kilayotgan ishlaringizga kuch quvvat bersin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Berib bo‘lmaydi. Ota-onangizdek zotlarni Hajdek sharafli amallari uchun zakotdan tashqari molingizdan bering.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:47 | Savol-javoblar | 166 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar