Mushkul kushod
Assalomu alaykum! Ustozlar saytlarizdan mushkul kushod, is chiqarish, har xil qo‘l olishlar mumkin emasligini bildim va oilamga etkazdim. Ammo ular tushunmayaptilar. Shayx Hazratlari(rahimahulloh)ning folbinlik sehrgarlik hakidagi kitobini ham ko‘rsatdim, samara bermadi. Shular borasida yana savollar paydo bo‘ldi.
1). Onam uyda mushkul kushod qilaman dedi. Men pul bermayman dedim, menga baqirdi, xafa bo‘ldi. Men gunohkor bo‘ldimmi?
2). Qo‘shnilar mushkul kushod, momo oshi, jinkash baxshilar bir-biridan qo‘l olsa uyida shu munosabat bilan dasturxon yozib har bir kelganlarga dasturxondan egan narsalaridan qolganlarini tuguncha qilib bervorishadi. Bizni uyga ham olib kelishisa, “bolalarimga edirmanglar” desam hech narsa bo‘lmaydi deb meni koyishadi. Men shunday holatlarda nima qilay?
3). Yana har zamon uyda is chiqarishib menga shu qovurgan non va bug‘irsoklariga Qur’on tilovat qil deyishadi. Men nima qilay?
4). Uyda shunday noshar’iy ishlar bo‘lsa, men to‘xtatishga kuchim etmasa, lekin shu uyda o‘tirsam gunohkor bo‘lamanmi? Iltimos ustozlar sizlarni duolaringizga muhtojmiz, oilamga Allohdan insof va tavfiq so‘rab duo qilib beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Gunohkor bo‘lmaysiz. 2). Farzandlaringizni emasliklariga ta’lim bering. 3). Bu narsadan yiroq bo‘ling. 4). Gunohkor bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 00:34 | Savol-javoblar | 236 | Aqiyda