Jannatdagi ayol

Assalomu alaykum! Abu Xurayra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘zidan bir xadis aytgan ekan: "Jannatga kirgan birinchi gurux odamlarini yuzlari to‘lin oydek yorug‘ bo‘ladi. Xar bir erkakning jannatda 2tadan xotini bo‘ladi deyilgan ekan. Olimlar bu 2 ta xurlar bo‘ladi debdi, yana bir olimlar esa bu dunyo ayollari deganekanlar. Aniq javob nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Hadisda ikki ayoli bo‘lishi zikr qilingan, lekin dunyo ayollaridanmi yoki huru iynlardanmi uni tayin qilinmagan. Boshqa hadislarga asoslanib ulamolar turlicha fikrlarni aytganlar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَوَّلُ زُمْرَةٍ تَلِجُ الْجَنَّةَ صُورَتُهُمْ عَلَى صُورَةِ الْقَمَرِ لَيْلَةَ الْبَدْرِ، لَا يَبْصُقُونَ فِيهَا وَلَا يَمْتَخِطُونَ وَلَا يَتَغَوَّطُونَ، آنِيَتُهُمْ فِيهَا الذَّهَبُ، أَمْشَاطُهُمْ مِنَ الذَّهَبِ وَالْفِضَّةِ، وَمَجَامِرُهُمُ الْأَلُوَّةُ، وَرَشْحُهُمُ الْمِسْكُ، وَلِكُلِّ وَاحِدٍ مِنْهُمْ زَوْجَتَانِ، يُرَى مُخُّ سُوقِهِمَا مِنْ وَرَاءِ اللَّحْمِ، مِنَ الْحُسْنِ، لَا اخْتِلَافَ بَيْنَهُمْ وَلَا تَبَاغُضَ، قُلُوبُهُمْ قَلْبٌ وَاحِدٌ، يُسَبِّحُونَ اللهَ بُكْرَةً وَعَشِيًّا Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Jannatga kiradigan birinchi jamoaning ko‘rinishi oy to‘lgan kechadagi to‘lin oydek bo‘ladi. Ular u erda tupurishmaydi ham, burun ham qoqishmaydi, qazoi hojat ham qilishmaydi. U erda ularning idishlari tilla, taroqlari tillayu kumushdan, tutatqisi aluvva,* terlari esa mushk bo‘ladi. Har birlarining ikkitadan jufti haloli bo‘lib, go‘zalliklaridan go‘sht tagidan boldirlarining iligi ko‘rinib turadi.* (Ahli jannatning) o‘rtalarida ixtilof ham, bir birini yomon ko‘rish ham yo‘q. Qalblari bir qalbdek. Ertayu kech Allohga tasbeh aytishadi».
* Aluvva – xushbo‘ylik. «Uluvva» ham deyiladi.
* Bu erda jannat hurlarining go‘zalligi, xususan, badanining naqadar musaffoligi vasf qilinmoqda. Imom Termiziy keltirgan rivoyatda «Boldirining oqligi etmish qavat kiyim ostidan ham ko‘rinadi...» deb ham tasvirlangan. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:17 | Savol-javoblar | 167 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar