Badduo
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, sehr-jodu qilish shariatda nojoiz ish ekanligini bilamiz. Sehrlangan(duolangan)ini bilish uchun domlaga borishi joizmi? Domla ham duolangansan desa, badduoni oldirish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu domlaga bog‘liq. Agar domla nomi domla bo‘lib, shariat ahkomlaridan bexabar bo‘lsa, shariatga zid da’volarni qilsa, masalan g‘aybni bilishni, jinlar bilan aloqadorligini uni huzuriga borish joiz emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kim kohin huzuriga borib uni gapini tasdiq qilsa batahqiq Muhammadga nozil bo‘lgan narsaga kofir bo‘libdi” deganlar. yana boshqa rivoyatda “Kim borsayu uni gapini tasdiq qilmasa (borgani uchun) uning 40 kunlik namozi qabul bo‘lmaydi” deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:21 | Savol-javoblar | 141 | Duolar