Rivoyat bo‘yicha
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, telegram messendjerida bir rivoyat o‘qib qoldim. Mazkur rivoyat sahixmi?
Rivoyat: Abu Abdulloh r.a. dedilar: — «Duo qabul bo‘ladigan soat Jum’a kuni asrdan keyingi oxirgi soat bo‘lib, uni ummatning barcha toiyaalari ulug‘laydilar». Agar sahix bo‘lmasa, Juma kunidagi ushbu vaqt to‘g‘risida boshqa qanday ma’lumotlar bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo shu narsani tushunib olish kerakki shariatning ba’zi bir ahkomlari ochiq-oydin bayon qilingan. Ba’zi oyat va hadislardan olinadigan hukm borasida hech qanday ixtilof yo‘q. Hamma sahobalar, fuqaholar va mujtahidlar u oyat va hadislardan bir xil narsani tushunganlar. Yana ba’zi bir oyat va hadislar borki uni ilmini Alloh taolo va rasuliga havola qilingan. Ularni mutashobih oyat va hadislar deyiladi. Yana ba’zi bir oyat va hadislar borki ularning hukmlari ochiq-oydin bayon qilingan emas. Shu o‘rinda sahoba va fuqaholarning o‘zaro ixtiloflari bor. Bu narsa ba’zilari e’tiqodga tegishli bo‘lsa, ba’zilari e’tiqoddan boshqa masalalarga tegishlidir. Masalan sahobalar o‘rtasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam me’roj kechasi Robbisini ko‘rgan yoki ko‘rmaganligi xususida ixtiloflar bo‘lgan. Ibn Abbos roziyallohu anhumo ko‘rgan desalar, Oisha roziyallohu anho ko‘rmagan deydilar. Lekin bu borada ikkisining ham qat’iy dalili yo‘q. Bu borada ular ijtihod qilganlar. Hech kim ibn Abbos roziyallohu anhumoni tarafini olib Oisha roziyallohu anho zalolatda deyishga yoki Oisha roziyallohu anhoning tarafini olib ibn Abbos roziyallohu anhumoni zalolatda deyishga haqqi yo‘q. chunki ikkisini o‘rtasini hal qilib beruvchi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘tib ketganlar va ikkisini aniq quvvatlovchi hadis ham yo‘q. Mazhablar ham aslida shu erdan kelib chiqqan. Masalan Omiyn ni jahriy aytish. Hamma mazhab omiynni aytishni sunnat deyishadi. Lekin jahriy aytish afzalmi yoki maxfiy aytish afzalmi bu borada ixtilof qiladilar. Ikkisining tanlagan yo‘liga etarlicha dalillar bor. Ular buni har tomonlama mukammal o‘rganib chiqishgan. Natija shuki Abu Hanifa rahmatullohi alayh: “Men barcha dalillarni o‘rganib chiqib maxfiy aytishni afzal deb bildim. Bu mening ijtihodim. Aslida jahriy aytishni afzal deb bilgan tomon Alloh taoloning nazdida haq bo‘lib mening ijtihodim xato bo‘lishi ham mumkin. Hukm chiqarib berish uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot topib ketganlar. Bu qiyomatda aniq bo‘ladi” degan natijaga kelganlar. Boshqa mazhab sohibining gapi ham ayni shudir. Ular bir-birini “Men Alloh taoloni nazdida ham yuzga-yuz haqman, sen zalolatdasan” degan da’volari yo‘q. Qadr kechasi haqidagi hadislar ham shu hukmda. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan muhaqqaq shu kechada degan rivoyat yo‘q. fuqaholar ijtihod qilib turli fikrlarni aytganlar. Bu borada tajribaga ham suyanganlar. Hech biri boshqa fikrni aytganni zalolatga ketganlikka hukm qilmagan. Siz keltirgan rivoyat ham o‘sha ijtihodlardan biri. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juma kunida bir ijobat bo‘ladigan vaqt borligini aytganlar, lekin o‘sha vaqt aynan qaysi vaqt ekanligini zikr qilmaganlar. Zikr qilmasliklarida hikmat borligi shak-shubhasizdir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:21 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar