Er-xotin zakoti
Assalomu alaykum! Uylanganimga 4 yil bo‘ldi. Alhamdulilloh, shu paytgacha faqat o‘zim ishlab, shu pullardan zakot berardim. Endi bu yil xotinim xam ishlayapti, yarim yil bo‘lib qoldi, endi zakotni qanday xisoblashni bilmay qoldim.. Men ishlagan pullarga xotinimni ishlagan pullari xam aralashib ketdi, zakot puli qanday xisoblanidi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Taxminan ajratasiz va o‘zingizniki deb bilgan miqdordan zakot berasiz. Savol: Er-xotin birgalikda tijorat qilsalar zakotlarini qanday ado qiladilar? Javob: Avvalo er-xotinning mulki aniq tayin qilingan bo‘lishi lozim. Chunki, ikkovlaridan birlari vafot etsa, taqsim qilinadigan meros tayin bo‘lishligi shart. Agar ajratib tayin qilib olmagan bo‘lsalar, u o‘rtadagi molni ikki tomonga taqsimlanganda har biriga nisob miqdoricha mol tegsa, ikkovlariga ham zakot lozim bo‘ladi. Agar taqsim qilinsa, ikkalalariga tekkan ulush belgilangan zakot nisobiga etmasa, u holda zakot bermaydilar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:21 | Savol-javoblar | 145 | Ibodatlar