Azonni eshitish

Assalomu alaykum! Hurmatli ilm ahllari, avvalo sizlarni va barcha yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan  Ramazon oyi bilan muborakbod etaman. Sizlar o‘qib o‘rgangan ilmlaringizning har bir harfiga va ilm istovchilarga yo‘llayotgan javoblaringizning har bir harfi va nuqta vergullarigacha Alloh behisob ajru hasanotlar ato etsin. Mahallamizdagi jome’ masjidi uyimizga yaqin, lekin uyimizga azon eshitilmaydi. Ayrim vaqtlarda namozni uyda o‘qishga to‘g‘ri keladi. Ushbu holatda men azon aytamanmi yoki masjidda aytilgan azon kifoya qiladimi? Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Masjidda aytilgan azon kifoya qiladi.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 159 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar