Aqiqadagi
Assalomu alaykum! Mening do‘stim o‘g‘il farzandlik bo‘ldi. Aqiqani katta dasturxon yozib qilmoqchi. Men unga buni o‘rniga kam chiqim qilib o‘tkaz dedim. Vaxolanki dinimiz isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaydi dedim. Do‘stimga nima maslaxat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kirim insonning ixtiyoridagi narsa emas. Alloh hammaning rizqini belgilab qo‘ygan. Chiqim esa bandaning ixtiyoridagi narsadir. Bir hunarmand shahar aylanib yurganida minorasi yo‘q jome masjid yonidan o‘tib qoldi. Shu masjidga baland, ko‘rkam, azon aytilganida uzoqlarga eshtiladigan bir minora qurib, ortidan sadaqai joriya bo‘lib qolishni qalbiga maqsad qildi. Hunarmand boy emasdi, shunda bo‘lsada kunlik harajatidan ba’zi birlarini qisqartirdi va ularga ketadigan mablag‘ni bir humchaga to‘play boshladi. Oradan 10 yillarcha o‘tdi, humcha to‘ldi. Hunarmand shahar qozisining oldiga borib o‘sha masjidga minora qurishga izn so‘radi. Qozi hunarmandning tashqi holiga qarab avvalo o‘zini buncha mablag‘ni qaerdan topganini surishtirdi. Hunarmand qanday topganini ochiq-oydin bayon qilganidan keyin qozi unga minorani qurishga ijozat berdi. Ustalar yollanib, mablag‘ sarflanib jome masjidga baland, azoni uzoqqa eshtiladigan ko‘rkam bir minora qad rostladi. Shunda hunarmand minoraga qarab: “Ey nafs sal qolsa shu katta minorani yutib yuborar eding-a?!” dedi. Har bir mo‘min musulmon oxiratga iymon keltirgan kishi hoyu-havas, usiz ham ish bitadigan o‘rinlarga sarflanadigan mablag‘ni o‘zidan keyin savobi to‘xtamay borib turadigan sadaqai joriyalarga sarflashga harakat qilish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:50 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar