Yo‘qolgan pul
Assalomu alaykum! Biz ijaraga turgan xonadonda 4 kishi yashaymiz. Kechagi kuni kvartiramizda pul o‘g‘irlandi. Voqea shunday bo‘ldiki, bir ukamiz menga ishdaligimda kvartira ijarasi uchun pul berishi kerak edi. Men kunduzi ishda bo‘lganim bois, ukamiz kechki smenada ketaetib yostig‘im tagiga pul qo‘yib ketgan, ya’ni meni talabimga binoan. Xullas, ukamiz pulni qo‘yib chiqib ketganda uyda xech kim bo‘lmagan. Keyin men kelgunimcha kvartiraga boshqa sheriklarimiz kelishgan va ulardan keyin taxminan 30 daqiqadan keyin men uyga kelib yostig‘imni tagini qarasam pul joyida yo‘q. Pulni qo‘ygan ukamiz aniq qo‘yganman deb qasam ichyapti, men pulni joyida yo‘qligini aytdim, boshka 2 sherigimiz esa biz pulni olmadik deb tan olmayaptilar. Bu voqeada kimni ayblash, kimdan gumon qilishni bilmayapmiz. Xullas, bu pul kimni zimmasida qarz bo‘lib qoldi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizdan avval kelgan ikki sherigingizga qay darajada qo‘rqadigan bo‘lsa, o‘shanday darajada qasam ichdiring. Agar qasamni ichib berishsa sizlarning zimmangizga qoladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:06 | Savol-javoblar | 133 | Dolzarb savollar