Aqiyqa va masjid jamoati
Assalomu alaykum! Yaratgan el-yurtimizning ma’naviy yuksalishida qilayotgan barcha ezgu ishlaringizga barakalar va savoblar bersin. Sizga qo‘yidagi savollar bilan murojaat qilmoqchiman: tug‘ilgan farzandning aqiqasi uchun echki so‘yish mumkinmi?
2). Bir shaharda bir masjid bo‘lib, unga (juma namozidan tashqari) 5 vaqt namoz uchun jamoat juda ham oz keladi. Ushbu masjid yonginasida esa bitta madrasa bo‘lib, ushbu madrasadagi ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning (juma namozidan tashqari) 5 vaqt namoz uchun yonginasidagi masjidga chiqmasdan, madrasaning o‘zida jamoat namozini o‘zlari ado etishi sunnatga qanchalik to‘g‘ri keladi? Agar ular ham 5 vaqt namoz uchun yonginasidagi masjidning o‘zida jamoat namozini ado etishsa, ular ham masjidning ma’naviy obodligiga katta hissa qo‘shgan, sunnatni tiriltirgan, natijada, oddiy nomozxonlarning ham 5 vaqt namoz uchun jamoat namoziga yanada ko‘plab kelishiga sabab bo‘lgan va ko‘plab ajru-savoblarga erishgan bo‘lmasmidi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Echki so‘yish mumkin. 2). Madrasaning ichida masjid bo‘lsa ular uchun o‘z masjidlarini obod qilish muhimroq. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 142 | Ibodatlar