Halollovchi haqidagi hadis sharhi
Assalomu alaykum! Ibn Ma’sud roziyalloxu anxudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam halollovchini va halollatuvchini la’natladilar». Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja rivoyat qilishgan. Shu hadisni kanday tushunmoqligimiz lozim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الْمُحِلَّ وَالْمُحَلَّلَ لَهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَصَاحِبَاهُ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam halollovchini va halollatuvchini la’natladilar». Termiziy va uning ikki sohibi rivoyat qilganlar. Sharh: Halollovchi – uch taloq qilingan xotinni uni taloq qilgan eriga «halollab» berish uchun nikohlab olib, bir marta yaqinlik qilib qilib beradigan kishi. Halollatuvchi esa xotinini uch taloq qilib qo‘yib, o‘ziga yana «halollatib» olish uchun boshqa bir erkakka nikohlab, bir marta jinsiy aloqa qilganidan keyin qaytarib oladigan odam. Bunday nikoh «halola nikohi» deyiladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning la’natlari harom narsa uchun bo‘ladi. Shunga binoan, halola nikohi ham harom bo‘ladi. Imom Ibn Moja rivoyat qilgan hadisda aytilishicha: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga oriyatga olingan takaning xabarini aytaymi?» dedilar. «Ha, ey Allohning Rasuli», deyishdi odamlar. U zot: «U halollovchidir. Alloh halollovchini ham, halollatuvchini ham la’natladi», dedilar». Oriyatga berilgan mol – urg‘ochi molni qochirib olish uchun bepul, vaqtincha berib turilgan erkak moldir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam «halollovchi» va «halollatuvchi»larni ana shunday jirkanch sifat bilan sifatlamoqdalar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 08:03 | Savol-javoblar | 158 | Hadislar