Savdo sotiq masalasida

Assalomu alaykum! Aziz Ustozlar, men tapochka savdosi bilan shug‘ullanaman. Savdoimda nasiyaga olib nasiyaga sotsam bo‘ladimi? Vazifam tapochkaga klient topib, tovarni klientlarimga berib, tsexga pulini etkazish. Foydamni tapochkani ustiga qo‘yaman. Mani shubxalantirgan narsa shundaki ko‘p klientlarim tovarni nasiyaga so‘rashadi va tsex bilan maslaxatlashib nasiyaga tovarni ularga etkazmoqdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nasiyaga narsa olib nasiyaga sotish joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:45 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar