Turli mavzudagi savollar

Assalomu alaykum! Hurmatli Zikr ahlidan so‘rang hay’ati Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Savollarim quyidagicha: Sigir tug‘ganidan keyin uning suti sut holatiga kelgunicha 10 kun atrofida vaqt ketadi. Uni sut holatiga kelgunicha bizda qishloqda uvuz deb ataladi, uvuzni sog‘ib non va yoki biror hamrli pishiriqda ishlatilinadi, yaqinda bir do‘stim ushbu uvuzdan foydalanish mumkin emas degan gapni eshitibdi. (ya’ni to to‘liq sut holatiga kelgunicha uvuz najosat hisoblanar ekan) shu to‘g‘rimi?
2). Mahrning qiymatini javoblaringizda o‘qidik, ammo tushunmadik (sababi O‘zbekiston fuqorosi emasmiz so‘m pul birligi bizda ishlatilmaydi) iltimos eng kam mahr qiymatini xozirgi kurs bilan rubl yoki dollar kursida aytsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Qon aralashmagan bo‘lsa, joiz. 2). Hozirgi kunlarda eng ozi taxminan 100 dollarga to‘g‘ri keladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:51 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar