Qur’onni yodlab unutib yuborgan odam haqidk
Savol: Hazrat Qur’onni yodlab unga ahamiyat qilmasdan unitib yuborgan odamga Qur’onda oyat bormi? Bo‘lsa qaysi surada? Ustoz javob uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
— Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Menga ummatimning gunohlari ko‘rsatildi. Qur’ondan bir sura yoki oyat unga berilganda unutib qo‘ygan odamdan ko‘ra katta gunohni ko‘rmadim», dedilar».Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilishgan.Qur’oni Karimning biror surasi yoki oyatini yoddan chiqarishning gunohi shunchalar qattiq ekan. Shuning uchun bu masalada juda ehtiyot bo‘lish kerak.Hadisi shariflarda Qur’oni Karimni yoddan chiqarishni bunchalar qattiq olinishi ham o‘ziga yarasha hikmat va sabablarga ega. Agar shu darajada qattiq turilmasa odamlar bu masalada sust-kash bo‘lib qolishlari mumkin. Bu esa Alloh taoloning kalomiga e’tiborsizlik bo‘ladi. Bu nuqtadan boshqa narsalarga ham e’tiborsiz bo‘lish kelib chiqadi. Aksincha, Qur’oni Karimni doimiy ravishda yoddan chiqarmaslikka odatlangan kishi boshqa narsalarni ham yoddan chiqarmaslikka odatlanadi. Bu esa juda muhimdir.Alloh taolo yodlagan Qur’oni Karimimizni doimo esimizda turishini nasib qilsin!
2 May 2022, 10:19 | Savol-javoblar | 173 | Qur’oni karim