Imomdan oldin salom berish
Assalomu alaykum! Masjid imomi namoz oxirida chap tomonga salom berayotganda "Assalomu alaykum va raxmatulloooooooh" ni cho‘zib aytayapti. Biz salom berayotganda imomning cho‘zishini xisobga olmay salom berib qo‘ysak, shu xolatda imomdan biroz oldin salom berib ko‘ygan bo‘lmaymizmi? Shu namozimiz durust bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imomga iqtido qilish vojib. Kim takbirni “Alloh” lafzini imom bilan teng, akbar lafzini imomdan oldin tugatsa ham iqtido qilgan bo‘lmaydi. Shuning uchun imom Allohu akbarni tugatganidan keyin iqtido qiluvchi Allohu akbarni aytishi kerak. Imom salom bermasidan oldin salom bersa, namoz joiz bo‘lsada iqtidoni tark qilgani uchun gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:37 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar