Davolansam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, kirib kelgan Ro‘za ramazon oyi muborak bo‘lsin. Alloh barchamizni tutgan ro‘zalarimizni qabul qilsin. Menda bo‘qoq kasalligi bo‘lib, ushbu kasalligimga massaj hamda fizioterapiya (elektroforez) olaetgan edim. Endilikda shu davolanish kurslarimni ro‘za tutgan xolda oxiriga etkazsam bo‘ladimi? Massaj xamda fizioterapiyadan ro‘za ochiladimi? E’tiboringiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘ladi, ayni siz aytganlar bilan ochilmaydi. Tomoq va burundan biror narsa o‘tib ketmasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:37 | Savol-javoblar | 175 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar