Ro‘zadorlik yoki poraxo‘rlik

Assalomu alaykum! Men talabaman, bilasiz hozir institutlarda sessiya vaqtida pora aralashtirmasdan iloji yo‘q bo‘lib qolgan, hatto bu gunoh bo‘lsa ham. Ramazon oyi yaqinlashib kelyapti. Menda sessiya vaqti aynan ro‘zador paytlarimizga to‘g‘ri kelarkan. Ro‘zador bo‘la turib ilojsizlikdan pora berishning oqibati qanday bo‘ladi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ro‘za tutganingiz uchun zimmangizdan soqit bo‘ladi, pora berganingiz uchun gunohini olasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:45 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar