Sajdai sahv lozimmi?

Assalomu alaykum! Rukudan so‘ng aytiladigan «Robbana lakal hamd» ko‘p hollarda yodimdan ko‘tariladi, shu holatda sajdai sahv qilishim lozimmi? Yoki boshdan boshlasam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Boshidan boshlash ham, sajdai sahv ham shart emas. Chunki bu amal sunnat bo‘lib, uni tark qilish bilan sajdai sahv vojib bo‘lmaydi. Namozni farz va vojiblarini to‘liq yodlab olishingiz zimmangizga farzdir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:58 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar