Vitr vojib

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Vitr vojib namozini nafl namozidang so‘ng o‘qisa yaxshi deb eshitgandim. Shu haqida ma’lumot bersangiz iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: اجْعَلُوا آخِرَ صَلَاتِكُمْ بِاللَّيْلِ وِتْرًا. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Tundagi oxirgi namozingizni vitr qilinglar», dedilar».To‘rtovlari rivoyat qilganlar.Sharh: Shuning uchun har bir musulmon kechasi uyquga yotishdan oldin vitr namozini o‘qib yotishni, agar uxlab qolishdan qo‘rqmasa, vitrni kechasi turib o‘qishni yo‘lga qo‘ymog‘i kerak.عَنْ مَسْرُوقٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قُلْتُ لِعَائِشَةَ: مَتَى كَانَ يُوتِرُ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ؟ قَالَتْ: كُلَّ ذَلِكَ قَدْ فَعَلَ، أَوْتَرَ أَوَّلَ اللَّيْلِ وَوَسَطَهُ وَآخِرَهُ، وَلَكِنِ انْتَهَى وِتْرُهُ حِينَ مَاتَ إِلَى السَّحَرِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Masruq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Oishaga: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon vitr o‘qir edilar?» dedim. «U zot hammasini ham qilganlar: kechaning avvalida ham, o‘rtasida ham, oxirida ham vitr o‘qiganlar. Vafotlaridan avval u zotning vitrlari sahar yaqin qolganda edi», dedi».Beshovlari rivoyat qilganlar.Sharh: Mana shu rivoyatdan toqati etgan odam vitrni tong otishiga oz qolganda o‘qishi afzalligi kelib chiqadi. Toqati etmagan odam Xuftondan keyin, qachon ilojini qilsa, o‘qib olsa bo‘laveradi.عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ خَافَ أَنْ لَا يَقُومَ مِنْ آخِرِ اللَّيْلِ فَلْيُوتِرْ أَوَّلَهُ، وَمَنْ طَمِعَ أَنْ يَقُومَ آخِرَهُ فَلْيُوتِرْ آخِرَ اللَّيْلِ، فَإِنَّ صَلَاةَ آخِرِ اللَّيْلِ مَشْهُودَةٌ وَذَلِكَ أَفْضَلُ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّJobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim kechaning oxirida tura olmaslikdan qo‘rqsa, uning avvalida vitr o‘qisin. Kim kechaning oxirida turishiga ko‘zi etsa, vitrni uning oxirida o‘qisin. Albatta, tungi namoz shohid bo‘lingandir. O‘sha afzaldir», dedilar».Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:04 | Savol-javoblar | 168 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar