Nasiyaga sotib berish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, biz tijorat bilan shug‘ullanamiz. O‘zimizni shaxsiy tovarlarimiz bilan birga birovlardan ham mol olib, ularnikini ham sotib beramiz. Sotilganlaridan foydamizni olib qolib vaqtida pulini qilib beramiz. Sotilmasdan turib qolayotganlari bo‘lsa egasiga qaytarib beramiz. Shu ishimiz to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizlar birovdan olayotgan mollaringizni hukmini aniq qilib olinglar. U mollarni nasiyaga olishingiz mumkin. Bu suratda narxini berish muddatini tayin qilishingiz shart. Mabodo sotilmay qolsa, qaytib berishga haqqingiz yo‘q. Agar egasi qaytib olishga rozi bo‘lsa joiz. O‘g‘irlatib yoki biror talofat etsa qiymatini to‘lashingiz shart. 2). Molni sotib berishga yollangan ishchi bo‘lishingiz mumkin. Bunda sotib berish xizmat haqqini tayin qilib olishingiz shart. Mabodo sotilmay qolsa egasiga qaytarib berishingiz mumkin. Biror tabiy sabab tufayli molga ofat etsa to‘lashingiz shart bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:11 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar