Ota-onamni qanday jannati qilishim mumkin?
Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar barchamizga Allohning rahmati bo‘lsin. Men namoz o‘qiyman, lekin diniy ilmim yo‘q. Ota-onamni ham diniy ilmlari yo‘q. Ularning ibodatlaridan ko‘nglim to‘lmaydi ochig‘i, ularga namoz o‘qinglar deyish xuddi aql o‘rgatganga o‘xshab qoladi. Astag‘firulloh men ularni oxiratidan xavotirdaman. Agar farzand Qur’onni xatm qilsa, ota-onasi jannati bo‘lishadi deb eshitganman. Shu gap to‘g‘rimi? Qanday ibodat yoki amallar orqali ota-onamga savob yozdirishim mumkin? Javobingiz uchun sizlarga Allohning rahmati bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularning haqqiga duo qilish va Islomning go‘zalligini ularga ko‘rsatish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:26 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush