O‘zini o‘qitish

Assalomu alaykum Ustozlar, Alloh ilminggizni ziyoda qilsin, bir qarindoshim bir masjidning imom xatibining oldiga dam soldirgani boribdi, shunda imom domla sizga o‘zizni qarindoshlarizdan birlari o‘qitishgan (sehrlashgan) sizni debdi, uni kimligini bilamanu ismini aytsam folbinlikka kirib qoladi lekin tasvirlab beraman dib tasvirlab beribdi. Savolim shuki osha domlaning gaplari ishonsak bo‘ladimi, rostmi, folbinlikga kirib qolmayaptimi? Iltimos telegramga xam qo‘ysanggiz javobni.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yuqoridagidek kim sehr qilganini bilaman deb da’vo qilish folbinlikdir. Siz Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning qalamlariga mansub «Folbinlik, sehrgarlik, jin chiqarish va noan’anaviy davolash kabi ishlar haqiqati» kitobini olib o‘qing. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:48 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar