Qazo ro‘zalar haqida

Assalomu alaykum! Men har dushanba va payshanba kunlari nafl ro‘za tutaman. Birinchi savolim; Shu haftaning ikki kunida ramazon ro‘zasini qazosini niyat qilib tutsam bo‘ladimi yoki bir oy uzmasdan tutish kerakmi? Ikkinchi savol; Menga kafforat vojib bo‘lmaydimi? Men o‘sha qolirgan payitlarimda dindan umuman xabarim bo‘lmagan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dushanba va payshanba kunlargi nafllarning o‘rniga qazo ro‘zalarni tutish kerak. Agar avvalgi ro‘zalarni tutmagan bo‘lsangiz bir kuniga bir kundan tutib berasiz. Agar ro‘za tutib, qasddan ochib yubrgan bo‘lsangiz 60 kun paydar-pay kafforat tutishingiz vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 164 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar