Namozdagi ba’zi masalalar

Assalomu alaykum! Alloh ilmlaringizni ziyoda va xayrli ishlaringizni bardavom kilsin. Bir nechta savol tug‘ilyapti, ilmsizligim oqibati. Javobini topgunimcha sizlardan so‘rab turaman, aybga buyurmaysiz. Namozni (oshkora, maxfiy) pichirlab o‘qisa bo‘ladimi?
2). Shom namozini ishxonada o‘qiyman, ovoz chiqarib o‘qiyolmayman. Maxfiylarni og‘zimni yumib o‘qisam adashib ketishim yoki boshqa narsalarga chalgib qolishim mumkin. Ko‘p qavatli uyda yashayman, kunduzi ishda bo‘laman. Namozlarimni uyda va ishxonada yolg‘iz o‘qiyapman. Masjid azoni eshitilmaydi, azon aytib boshlashim shartmi?
3). Oyoq kiyimida namoz o‘qisa bo‘ladimi?
4). Tasbeh yoki boshqa amal savobini o‘ziga tilasa bo‘ladimi? Masalan, savobidan barchalarimizni baxramand qil, deb. Yoki barcha amallarimiz savobini o‘tganlarga bag‘ishlashimiz yaxshimi? Javob uchun oldindan rahmat, Alloh barchangizdan rozi bulsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=23767.10 2). Qiroatning me’yori 3). Shart emas. 4). Osti toza va cho‘chqa terisidan qilinmagan bo‘lsa, joiz. 5). O‘zgalarga savob bag‘ishlash ixtiyoriy amal. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:08 | Savol-javoblar | 148 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar