G‘iybatning ko‘rinishi

Assalomu alaykum! Agar suhbatda men bir insonning yomon hislatlari haqida uning ismini aytmay gapirsam g‘iybat bo‘lmas ekan. 1: Ismini aytmasam ham gap kim haqidaligini tushunishlarini bilib turib, «bir inson falon ish qildi» desam kimligini aytmasam g‘iybat bo‘ladimi?
2: Ismini aytmasam tanishmaydi deb o‘ylab gapirsamu lekin ular kimligini fahmlab qolsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir odam haqida gapirishdan avval nega u haqida gapirish kerakligi haqida o‘ylash kerak. Insonlar undan ehtiyot bo‘lish, kelin tomon kuyovni surishtirgani uchun yoki kuyov kelinni surishtirgani uchun bo‘lsa ismini aytishning ham zarari yo‘q. Bundan boshqa maqsadda bo‘lsa, ismini aytmasa ham yomonligini aytish harom. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:14 | Savol-javoblar | 184 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar