farz qilingan yosh

Assalomu alaykum!ustoz erkaklar uchun namoz nechi yoshdan farz qilingan,,,men qazo namozlarimni  5yilik yoki 6yilik bolsa 10 yoki 15kun ichida oqib olsa boladimi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namoz balog‘atga etgan vaqtdan farz bo‘ladi. Balog‘at qiz bolalarda oyda ko‘radigan qon ko‘rishning boshlanishi bilan, o‘g‘il bolalarda tushida bulg‘anishi bilan bo‘ladi. Ikkisi ham topilmasa, o‘n besh yoshdan balog‘atga etdi deb hukm qilinadi. Balog‘atga etgan vaqtingizni esga oling. Esingizda bo‘lmasa ehtiyotini oling va falon yildagi falon namoz deb o‘tirmasdan “eng oxirgi qoldirgan namozimni qazosini o‘qishni niyat qildim” deb namozni qazosini o‘qing. O‘qimaganingiz yana oxirgisi bo‘lib qoladi. Qanchalik tez ado qilsangiz shuncha yaxshi, lekin har kuni hech bo‘lmaganda bir kunlikni qazoni o‘qisa yaxshi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:26 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar