G‘usl niyati haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, g‘usl haqida so‘raganimda “g‘usl niyatini til bilan aytmasa ham ado bo‘ladi” dedingiz. Men shunday deganimda bobom “menga ustozim aytgan edi, agar 40 yil ustingdan suv quysang ham g‘usl niyatini aytmasang toza bo‘lmaysan degan” dedi. Shunga tushunmay qoldim bobomni ustozi ham katta domullo bo‘lgan. Nima sababdan g‘usl niyatini aytmasa ham g‘usl ado bo‘ladi? Bunga biror bir dalil bormi? Payg‘ambarimizdan g‘usl niyatini til bilan aytmasa ham g‘usl ado bo‘ladi degan hadis bormi? Iltimos shuni kuprok tushintirib bering. Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bobongizni gapiga ko‘ra niyat qilish g‘uslning sharti, ya’ni farzlariga kirib qolmoqda. Bir amal farz bo‘lishi uchun oyat yoki hadisdan dalil bo‘lishi kerak. G‘uslda niyat qilish farz ekanligiga bunday dalil yo‘q. Barcha fiqhiy kitoblarimizda ulamolar : “G‘uslning bajarmasa ado bo‘lmaydigan farzlari uchta : 1. Og‘izni chayish. Albatta, og‘izni yaxshilab chayish g‘uslning farzlaridan biri ekani hammaga ma’lum. Busiz g‘usl bo‘lishi mumkin emas. 2. Burunni chayish. Burunni yaxshilab tozalab, mubolag‘a ila chayish ham g‘uslning farzi hisoblanadi. Ro‘zador burunga suv olishda mubolag‘a qilmaydi. 3. Badanning barcha erini yuvish. "Butun tanani, biror tukning ostini ham qo‘ymay, suv etkazib yuvish ham g‘uslning farzidir” deganlar. Qolaversa, niyat qalb amali bo‘lib, “g‘usl qilib olay” deb harakatni boshlashi bilan niyati ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:31 | Savol-javoblar | 224 | Ibodatlar