Jonliq so‘yish haqida
Assalomu alaykum! Savollar saytida bir savol javob e’tiborimni tortdi. Iqtibos
«Alloh taolo jon ato etgan va mo‘minlarga halol etilgan hayvonlarni so‘yganda, go‘shti ham halol bo‘lishi uchun hayvonni Allohning ismini aytib, «Bismillahi, Allohu akbar», deb so‘ymoq lozim. Keyin qassob e’tiqodli odam, ya’ni Islom aqiydasidagi yoki ahli kitob – yahudiy yoki nasroniy aqiydasidagi kishi bo‘lishi kerak. Va hayvonni shariat hukmiga muvofiq so‘yish lozim». Shu erda «Ahli kitob-yahudiy yoki nasoroniy aqiydasidagi kishi bo‘lishi kerak» degani, meni tushunishimcha ahli kitoblarni musulmoni? Agar savolda yoki meni tushunishimda xato bo‘lsa uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ahli kitoblar musulmon emas. Lekin Alloh taolo “Moida” surasi 5-oyatida marhamat qiladi : الْيَوْمَ أُحِلَّ لَكُمُ الطَّيِّبَاتُ وَطَعَامُ الَّذِينَ أُوتُواْ الْكِتَابَ حِلٌّ لَّكُمْ وَطَعَامُكُمْ حِلُّ لَّهُمْ «Bugungi kunda sizlarga barcha pok narsalar halol qilindi», – deb yuqorida zikr qilib o‘tilgan oliymaqom ma’no yana bir bor ta’kidlanmoqda. Keyin esa halol-harom masalasida g‘ayridin millatlar bilan ham o‘ziga xos muomalalar, kengchiliklar borligi eslatilib, bu haqda ba’zi hukmlar bayon qilinmoqda: «Kitob berilganlarning taomi siz uchun haloldir. Sizning taomingiz ular uchun haloldir». Islom musulmonlarning nomusulmonlar bilan birga tinch-omon yashashga ruxsat bergan. Lekin shuning o‘zi etarli emas. Modomiki, musulmonlar jamiyatda boshqa din vakillari bilan birgalikda yashar ekanlar, tabiiyki, o‘rtada turli shaklda yaqin aloqalar bo‘lishi, o‘zaro bordi-keldi qilishlari mumkin. Shundan kelib chiqib, musulmonlarga ahli kitoblarning so‘ygan so‘yishlari halol qilingan. Bu oyatda «taom» so‘zi qo‘llangan, ammo undan ahli kitoblarning barcha taomlari, jumladan, cho‘chqa yoki boshqa harom hayvonlarning go‘shti, aroqqa o‘xshash ichimliklari ham halol ekan-da, deb tushunilmasligi kerak. Bu narsalarning haromligi o‘z-o‘zidan hammaga ma’lum. Asli o‘zi halol bo‘lgan boshqa narsalar haqida ham avval aytib o‘tildi. Demak, bu erda gap go‘shti asli halol bo‘lgan hayvonlar ahli kitoblarning dinlari asosida so‘yilgan bo‘lsa, halol bo‘lishi haqida ketmoqda. Ba’zi kishilar «Sizning taomingiz ular uchun haloldir», deyish nima uchun kerak bo‘ldi ekan? Ular Qur’on hukmiga amal qilishmaydi-ku? Halol-haromning farqiga ham borishmaydi-ku, deyishlari mumkin. Ulamolarimiz bunga javoban «Mazkur xitob mo‘minlarga qaratilgan, sizlar ham ularga o‘z taomingizdan bersangiz bo‘laveradi, deganidir», – deydilar. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Avvallari nasorolar ham faqat “Bismillah”ni aytib so‘yishar edi. Keyinchalik Iso alayhissalomning ismlarini ham qo‘shadigan yoki dahriy bo‘lib, butunlay Allohning ismini tilga olmay so‘yishadigan bo‘lishdi. Shuning uchun ahli kitoblardan “Bismillah”ni aytmaganlarini so‘ygani halol emas. Yahudiylar esa hozirda ham Allohning ismini zikr qilib so‘yishadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:00 | Savol-javoblar | 153 | Aqiyda