“Payme”dan pul o‘tkazish haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar, hozirgi kunda rivojlanib borayotgan “Payme”dan pul o‘tkazilayotganda 2% olib qolinadi. Masalan, menga 100.000 so‘m o‘tkazilsa, o‘sha odamdan 102.000 olib qolinadi. Men qaytarayotganimda 102.000 qilib qaytaraman. Shunda bu ribo bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 2% bankning o‘tkazish xizmati hisoblanadi. Bu ribo emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:00 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar